Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti logo

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Davlat universiteti

Andijon viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Institut haqida :

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti Oʼzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʼjalik tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarni izchil va sobitqadamlik bilan oʼtkazishda institut jamoasining va bu yerda tayyorlanayotgan koʼplab mutaxassislarning salmoqli hissalari bor.

1964-yil – Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali 1964-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Аndijon shahobchasi bazasida Аndijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan edi.

1992-yil – Oliy taʼlim muassasalarining ixtisosligini kengaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Karimovning 1992-yil 15-martdagi farmoniga asosan Аndijon paxtachilik instituti negizida Аndijon qishloq xoʼjalik instituti tashkil etildi.

2018-yil – Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2018-yil 8-maydagi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-3704-son qarori asosida Аndijon qishloq xoʼjalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali tashkil etildi.

2020-yil – Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2020-yildagi PQ-4795-son qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali negizida Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.


Qabul talablari :

BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.


Institut grantlari :

Institutda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Institut stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Institut yatoqxonasi : Institutda yotoqxona mavjud.


Xalqaro hamkorlik :

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Iqtidorli talabalarni qo'llab quvvatlash maqsadida ularni dunyoning top universitetlarda amaliyot , stajirovka hamda talabalar almashinuvi dasturlarida o'qishlari mumkin.


Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Agrobiznes va investitsion faoliyat0 / 25-65.6
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik5 / 2083.371.1
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)0 / 50-71.1
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)0 / 25-88.3
Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)0 / 25-71.6
Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi0 / 25-94.1
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)0 / 25-69.3
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)5 / 2070.764.7
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish0 / 25-64.3
Ipakchilik va tutchilik0 / 25-69.2
Iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti0 / 25-72.6
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish5 / 2080.163.2
Logistika (agrologistika)0 / 25-64.3
Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish5 / 2088.461
Marketing (qishloq xo‘jaligida)0 / 25-64.4
Mevachilik va uzumchilik0 / 25-73.7
O‘rmonchilik0 / 50-69.5
O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)2 / 0--
O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini15 / 3569.658.9
O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)0 / 25-67.7
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash5 / 2097.672.3
Professional ta‘lim: agronomiya5 / 2087.570.7
Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta‘minoti5 / 2071.561.3
Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis5 / 20-59.3
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)0 / 25-70.1
Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish0 / 25-64.1
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish0 / 25-64.4
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi 0 / 50-65.3
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)0 / 50-66.4
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik0 / 25-69.7
Sug‘urta ishi0 / 25-63.2
Suv xo‘jaligi va melioratsiya0 / 25-64.9
Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish0 / 25-64
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)0 / 25-65.3
Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish5 / 2086.160
Turizm (agroturizm)0 / 25-129.7
Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)0 / 25-75.6
Yer kadastri va yerdan foydalanish0 / 25-72.4
Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi huquqi)5 / 20168.8140.5
Zooinjeneriya: asalarichilik10 / 158469.5
Zooinjeneriya: baliqchilik0 / 25-62.7
Zooinjeneriya: parrandachilik20 / 5582.363.4
Agrobiznes va investitsion faoliyat1 / 3--
Agrokimyo4 / 0--
Agronomiya4 / 0--
Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)4 / 0--
Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli dizayn2 / 0--
Buxgalteriya hisobi (qishloq xo‘jaligida)1 / 3--
Chorvachilik4 / 0--
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi4 / 0--
Gidromelioratsiya4 / 0--
Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish4 / 0--
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi4 / 0--
Ipakchilik4 / 0--
Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)1 / 3--
Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik4 / 0--
Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya4 / 0--
Mevachilik4 / 0--
Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi4 / 0--
O‘rmonchilik4 / 0--
O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha)4 / 0--
O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat4 / 0--
O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)6 / 0--
O‘simlikshunoslik (sholichilik)4 / 0--
Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi4 / 0--
Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti4 / 0--
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)6 / 0--
Sabzavotchilik va polizchilik4 / 0--
Seleksiya va urug‘chilik (meva-sabzavot)6 / 0--
Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari4 / 0--
Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash4 / 0--
Biznesni boshqarish: qishloq xo‘jaligida0 / 50-60
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi5 / 2068.157.1
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi0 / 25-82.6
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik0 / 50-67.1
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish0 / 25-70.5
O‘simliklar karantini va himoyasi0 / 50-64.3
Professional taʼlim: qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish5 / 2070.560.8
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)0 / 50-62.1
Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)5 / 208566.3
Zooinjeneriya: qoramolchilik5 / 2071.257.7

Aloqa

imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas