Mentalaba - Universitet haqida
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti logo

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Xususiy universitet

Qashqadaryo viloyati

3.2

(2 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Universitet haqida :

Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 2022-yilda 30 - dekabrda asos solingan bo‘lib, universitet xususiy ta’lim xizmatlarini taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 056524 raqamli litsenziya bilan litsenziyalangan, qisqa muddatlarda mamlakatimizning oliy ta’lim sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi va hozirda 5000 dan ortiq talabalarga ta'lim berib kelmoqda. Bizning universitet hozirgi kunda eng talab yuqori bo`lgan yo`nalishlar asosida zamonaviy IT-texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va pedagogik kadrlar tayyorlovchi taʼlim muassasi hisoblanadi. Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, bugungi kunda ahamiyatli yonalishlardan biri hisoblanadi. Bu universitetning o'ziga xos yondashuvlari va o'zining faoliyatining tushunchalariga ko'ra, uni ijobiy fikrlar bilan ta'riflash mumkin. Axborot texnologiyalari sohasi, kompyuter tizimlarini va ulardan foydalanish usullarini o'rganish, ma'lumotlar tahlili va nazorati, internet va yunalishlari, avtomatlashtirish, yangi texnologiyalarni o'rganish va ularni amaliyotda qo'llash kabi bir qancha yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Bu sohani o'rganish insonlar uchun yangi xavfsiz va qulay tizimlar yaratish imkoniyatlarini ochadi va ularga eng so'nggi xabarlar, yozuvlar, ma'lumotlar va boshqa axborotlar mavjud bo'lishi mumkin. Menejment sohasi esa, boshqaruvning bir qancha yo'nalishlari bilan bog'liqdir. Bu sohani o'rganish, tashkilotni yaxshi boshqarish va uning faoliyatini rivojlantirishning eng yaxshi usullarini o'rganish, tashkilotning qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatish, ish faoliyatini rivojlantirish, ommaviy xizmatlarni ko'rsatish, ishchi tayyorlash va boshqa bir qancha muammolarni hal qilishni o'z ichiga oladi.


Qabul kvotasi 2024 - 2025 uchun : 6000 tadan ortiq talaba qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Universiteting har bir yo'nalish ta'lim turlari uchun 200 dan 250 tagacha qabul qilish rejalashtirilmoqda.


Universitet Grantlari :

Har yili Universitet talabalari uchun 100 tadan 200 tagacha grantlar ajratadi bu grantlarni olish uchun yo'nalish bo'yicha tashkil etilgan imtihonlarda eng yuqori ball to'plagan talabalar o'rtasida taqsimlanadi.


Kirish ballari :

Har yili imtihon natijalarga qarab farq qilishi mumkin.


Universitetga kirish uchun eng kam talablar :

Universitet tomonidan tashkil etiladigan kirish imtihonlarida qatnashish.


Universiteting yotoqxonasi haqida :

Universitet kunduzgi va kechki ta'lim shakli talabalarini yotoqxonalar bilan tanminlaydi, sirtqi ta'lim shakli talabalariga ham kvartera topishga yordam berishadi.


Universitet stipendiyasi :

Universitetda stendiyalar ham mavjud va har bir semistirda yuqori ball olgan talabalar uchun har bir semistirga beriladi.


Universitet tomonidan beriladigan moddiy yordamlar :

Universitet talabalarini qo'llab quvvatlash maqsadida talabalar uchun moddiy yordam va chegirmalar ajratadi. Moddiy yordam va chegirmalar olish suhbat asosida beriladi.Universitet talabalarning shartnoma so'malaridan chegirmalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun beriladi.


Xalqaro dasturlar:

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dunyoning 4 dan ortiq nufuzli universitetlari bilan aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bugungi kunda talabalar almashinuvi 2 + 2 dasturi bo‘yicha universitetning iqtidorli talabalari dunyo reytingidagi yetakchi universitetlarda bepul ta’lim olishlari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, BAA , Tajikiston , Belarusiya , Malayziya davlatlaring yatakchi universitetlari bilan memorandumlar imzolangan. Ushbu imtiyoz mutlaqo bepul hisoblanib, universitet tomonidan qoplanib beriladi. Bundan tashqari,  universitetida "Work and Travel" dasturi ham mavjud.

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, «Mirmikon» MFY, Mirmiron qishlog‘i, 27-uy.
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas