
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Davlat universiteti
Buxoro viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti haqida:
Dastlab institut 1959-1972 yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti Buxoro kechki umumtexnika fakulteti, fakultet 1972 yil 21 iyulda Ittifoq oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilingan Qarorga asosan Toshkent politexnika institutining filialiga aylantirildi. Filial direktori lavozimiga Buxoroning asl farzandi, prof.M.N.Raxmatov tayinlangan. M.N.Raxmatov institutning birinchi g‘ishtini qo‘ygan, shu institutga asos solgan, umrining oxirigacha shu institut uchun o‘z hayotini bag‘ishlagan fidoyi inson edi.
Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti Bakalavr:
Bakalavriat, kunduzgi shakl
O‘qish muddati – 4 yil
Qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarorlari asosida amalga oshiriladi. Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti da Kontrakt narxlari.
Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti ga kirish ballari va kvotalar!
Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti Magistratura:
Hozirda 23 ta mutaxassislik bo‘yicha 484 nafar talaba magistraturada ta’lim olmoqda. Shularning 248 nafari 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilari hisoblanadi.
Магистратурага қабул ҳақида баъзи маълумотларни эслатиб ўтамиз:
Ҳужжатлар magistr.edu.uz портали орқали фақат онлайн қабул қилинади, абитуриентлар ҳужжат топшириш учун ОТМга келмайди;
Магистратурада абитуриентларга 5 та мутахассислик йўналишини танлаш имконияти берилмайди. Фақат битта йўналиш танланади;
Кириш имтиҳонлари мутахассислик ҳамда чет тили фанидан бўлади. Бошқа фанлардан бўлмайди;
Магистратура имтиҳонларида максимал тўплаш мумкин бўлган балл - 250 баллни ташкил этади.
-Диплом бали - 100 балл;
-Мутаҳассислик тест бали - 100 балл;
-Чет тили тест бали 50 балл.
Чоп этилган мақолалар учун кириш имтиҳонларида балл берилмайди;
Ҳужжатлар қабул қилиш 5 июлдан бошланиб, 30 июлгача давом этади;
Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti Dokorantura:
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: (15 sentyabrdan 15 oktabrgacha)
- Ariza
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
- Pasport kseroks nusxasi;
- Doktorlik dissertatsiyasi mavzusining asosnomasi;
- Xorijiy tilni o‘zlashtirganlik guvohnomasi.
Buxoro Muhandislik-Texnologiya Institutida STIPENDIYALAR VA GRANTLAR!
Yotoqxona: mavjud
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Qabul kvotasi va kirish ballari
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|---|---|---|
Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi | 0 / 25 | - | 57.7 |
Arxitektura (turlari bo‘yicha) | 0 / 25 | - | 63 |
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 0 / 25 | - | 67.1 |
Dizayn: (milliy kostyum) | 5 / 20 | 123.4 | 73.2 |
Dizayn: libos va gazlamalar | 5 / 20 | 140.9 | 103.8 |
Dizayn: poyabzal va aksessuarlar dizayni | 5 / 20 | 123.6 | 103.9 |
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) | 10 / 40 | 107.3 | 71.1 |
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 65.8 |
Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 67.4 |
Energiya tejamkorligi va energoaudit | 0 / 50 | - | 64.3 |
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi | 5 / 20 | - | 57 |
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi | 10 / 15 | - | 56.7 |
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 0 / 25 | - | 64.3 |
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 65.1 |
Konservalash texnologiyasi | 10 / 15 | - | 56.7 |
Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 5 / 20 | 105.4 | 70.6 |
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish | 0 / 25 | - | 65.1 |
Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi | 5 / 20 | 68.5 | 56.8 |
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) | 4 / 21 | - | 56.7 |
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi: mashinasozlik | 6 / 44 | 69 | 56.8 |
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 66.9 |
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 61.8 |
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 63 |
Mevachilik va uzumchilik | 10 / 15 | 96.6 | 79.1 |
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) | 0 / 75 | - | 60.9 |
Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 67.5 |
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi | 10 / 15 | 69.4 | 62.3 |
Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi | 4 / 21 | - | 57 |
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) | 0 / 100 | - | 60.5 |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish | 0 / 25 | - | 64.5 |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) | 10 / 15 | 85.4 | 57.8 |
Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi | 0 / 50 | - | 68.1 |
Qurilish muhandisligi: devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi | 0 / 25 | - | 62.2 |
Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish | 0 / 50 | - | 62.1 |
Suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi | 5 / 20 | 68.6 | 60.9 |
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) | 0 / 25 | - | 61.1 |
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari | 0 / 50 | - | 60.7 |
Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) | 0 / 75 | - | 62.1 |
Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 66.4 |
Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi | 10 / 15 | - | 57.7 |
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) | 0 / 50 | - | 65.5 |
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari: tikuvchilik sanoatida kreativ loyihalash va innovatsion texnologiyalar | 0 / 75 | - | 65.4 |
Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi | 5 / 20 | 75.7 | 58.4 |
Kimyoviy texnologiya: silikat materiallari | 0 / 25 | - | 62.2 |
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik | 10 / 15 | 100.6 | 71.3 |
Neftgazkimyo sanoati texnologiyasi | 0 / 50 | - | 57 |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) | 10 / 15 | 68 | 57.8 |
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: ipak mahsulotlari ishlab chiqarish | 0 / 25 | - | 61 |
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: to‘qima | 0 / 25 | - | 59.9 |
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: yigirilgan ip ishlab chiqarish | 3 / 22 | 69.6 | 56.8 |
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) | 0 / 175 | - | 60 |
Yog‘lar, efir moylari va parfumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi | 5 / 20 | 96.9 | 76.4 |
Galereya
Aloqa
- Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Qayum Murtazoev ko‘chasi, 15- uy, pochta indeksi: 200117
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas