
Central Asian University
Xususiy universitet
Toshkent shahri
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 May 2025 - 30 Sentabr 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Central Asian University Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 130-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Kvota (nechta talaba qabul qilishi)
Har bir yo’nalish uchun 100ta mahalliy va 50ta halqaro o’quvchilarni qabul qilamiz.
Yotoqxona mavjudligi?
CAU mahalliy va xalqaro talabalar uchun turar joy xizmatlarini taklif etadi. CAU yotoqxonasi kampus hududida joylashgan.
Talabalar kampusdagi har qanday binoga bir necha daqiqa ichida yetib borishlari mumkin. Talabalar bir kishilik yoki uch kishilik xonani tanlashlari mumkin. Har bir xonada to'shak, muzlatgich, alohida hammom va hojatxona hamda Wi-Fi mavjud. Har bir yotoqxona qavatida talabalar ovqatlarini isitishlari yoki choy yoki qahva ichishlari uchun oshxona mavjud. Talabalar bepul kir yuvish xizmatidan foydalanishlari mumkin (talabalar faqat kir yuvish vositasi uchun to'laydilar).
600 talabaga mo'ljallangan.
Xona turi Yillik narxi (so'm)
- Bir kishilik - 30,000,000
- Uch kishilik - 15,000,000
Work and Travel - mavjud.
CAU Business School va CBS (Germaniya) bilan 3+1 Ikki Diplomli Dastur
CAU Business School talabalariga Germaniyaning CBS International Business School bilan hamkorlikda 3+1 shaklidagi ikki diplomli dasturda qatnashish imkonini taqdim etadi.Ushbu dasturda talabalar:
· Dastlabki 3 yil — CAUda (O‘zbekiston) tahsil oladi,
· 4-yil — CBSda (Germaniya) o‘qishni davom ettirib, o‘z ta’limini yakunlaydi.
Dastur yakunida talabalar ikki diplomga ega bo‘ladilar — biri CAUdan, ikkinchisi CBSdan.
International Hospitality Management & Tourism (CAU & HTMI Dual Diploma Dasturi)
HTMi Hotel and Tourism Management Institute Switzerland bilan qo‘sh diplom dasturi global mehmondo‘stlik sohasining markazida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Shveytsariyada mehmondo‘stlik va turizm bo‘yicha ta’lim sohasi oltin standart hisoblanadi va bitiruvchilarga dunyo bo‘ylab imkoniyatlar eshigini ochadi.
Central Asian University va Colorado State University bilan Dual (1+1) MBA Dasturi
CAU ishlayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan professional MBA dasturini taklif etadi. Dastur O‘zbekistonning Central Asian University (CAU) va AQShning Colorado State University (CSU) dan ikkita diplom olish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Birinchi yilda siz CAUda o‘qishingiz, ikkinchi yilda esa CSUda 20% o‘qish to‘lovi chegirmasi bilan o‘qishingiz mumkin bo‘ladi. Dastur tugallangandan so‘ng, siz AQShda uch yillik ish ruxsatnomasini olasiz va bu dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan birida korporativ kariyerangizni boshlashingizga imkon beradi.
Grantlar
MERIT-BASED SCHOLARSHIP
2025–2026 o‘quv yili uchun universitet scholarship imtihonida eng yuqori ball to‘plagan arizachilarning eng yuqori 10 foizi (lekin ko‘pi bilan 10 nafar talabgacha) birinchi semestr uchun maqsadli (merit-based) scholarship bilan taqdirlanadi.
ACADEMIC EXCELLENCE SCHOLARSHIP
Har bir semestrda o‘quv natijalari (akademik ko‘rsatkichlari) bo‘yicha bo‘lim (yo‘nalish)dagi eng yuqori 10% talabalar (lekin eng ko‘pi bilan 10 nafar talaba) keyingi semestrda o‘qishlari uchun “akademik muvaffaqiyat” scholarship bilan taqdirlanadi.
CAU EXCELLENCE SCHOLARSHIPS
CAU excellence scholarship uchta kategoriya bo‘yicha taqsimlanadi:
1. International Olympiad Scholarship
2. Local Olympiad Scholarship
3. International Test Score Scholarship
International Olympiad Scholarship
Matematika, Informatika, Kimyo, Biologiya va STEM (Ilm-fan, Texnologiya, Muhandislik, va Matematika) yo‘nalishlaridagi nufuzli xalqaro olimpiadalarda 1-o‘rin, 2-o‘rin va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga taqdim etiladi. Ushbu scholarship dastur davomida 100% ta’lim haqi qoplashni ta’minlaydi, ammo talabalar minimum 3.3 GPA saqlashlari shart.
Local Olympiad Scholarship
Ushbu scholarship O‘zbekistonlik talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tan olingan milliy olimpiadalarda 1-, 2- yoki 3-o‘rinni egallagan abituriyentlarga taqdim etiladi. Scholarshi bir akademik yil davomida ta’lim to‘lovining 100 foizini qoplaydi va quyidagi yo‘nalishlarda o‘qishga kirgan talabalar uchun amal qiladi: Biznes, Muhandislik, Tibbiyot, Stomatologiya. Ushbu scholarship olish uchun qo‘shimcha qabul talablari ham mavjud.
International Test Score Scholarship
Yuqori darajadagi standartlashtirilgan imtihon natijalariga ega bo‘lgan talabalar uchun taqdim etiladi, shu jumladan SAT 1400+ va IELTS 7.5+ / TOEFL 102+. Ushbu scholarship, talaba 3.3 yoki undan yuqori GPA saqlagan holda, bitiruvgacha 100% ta’lim haqi qoplashni ta’minlaydi.
Faqat Biznes va Muhandislik fakultetlaridagi dasturlar uchun ochiq.
ENGLISH PROFICIENCY SCHOLARSHIP
Scholarship Imkoniyatlari
Ushbu scholarship ingliz tilini yaxshi biladigan talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.Scholarship IELTS yoki TOEFL imtihonidan olingan natijalarga qarab taqdim etiladi va ta’lim to‘lovining bir qismini qoplaydi.
Scholarship Qoplamalari
· 10% Ta’lim Haqi Chegirmasi: IELTS 6.5 / TOEFL 79-93.
· 15% Ta’lim Haqi Chegirmasi: IELTS 7.0 / TOEFL 94-101.
· 20% Ta’lim Haqi Chegirmasi: IELTS 7.5+ / TOEFL 102+.
PRE-FOUNDATION SCHOLARSHIP
Scholarship Imkoniyatlari
Pre-Foundation dasturining Omega bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan abituriyentlar CAU bakalavriat bosqichining birinchi semestri uchun 10% chegirmali scholarshipga ega bo‘lishlari mumkin.Ushbu scholarship faqat bir marta beriladi va faqat birinchi semestr uchun amal qiladi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- O’zbekiston, Toshkent, Mirzo Ulug’bek tumani, Miliy bog’ ko’chasi 264, 111221
Izohlar

Izohlar mavjud emas



Izohlar
Izohlar mavjud emas