Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti logo

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Davlat universiteti

Farg'ona viloyati

calendar

Qabul muddati

5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Institut haqida :

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 28 may kunidagi 189 va 311-sonli qo‘shma buyruqlari asosida Farg‘ona Davlat universiteti qoshida «Tibbiyot Markazi» sifatida tashkil qilingan bo‘lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3 iyundagi 239-qarori bilan Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot institutining Farg‘ona filialiga aylantirildi va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 780-sonli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4911-sonli “Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etildi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyoning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar imzolangan va o‘quv, ilmiy va ma’rifiy sohalarda doimiy hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Institut o’z faoliyati davomida 2000 dan ortiq malakali shifokorlarni tayyorlab bergan. 


Institutning vazifasi - O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishga qaratilgan fan va texnika yutuqlari asosida jahon ta’lim standartiga integratsiyalashgan tibbiy ta’limni rivojlantirish, shuningdek, mehnat bozori, jamiyat, iqtisodiyot va davlat talablariga muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.


Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinik o’quv bazalari

1. Ichki kasalliklar propedevtikasi RSHTYoIM Farg’ona filialida joylashgan.

2. 1-son Ichki kasalliklar klinik kafedrasi Farg’ona shahar 1-sonli shifoxonasida joylashgan.

3. 2-son ichki kasalliklar klinik kafedrasi Farg’ona shahar 1-sonli shifoxonasida joylashgan.

4. Pediatriya klinik kafedrasi Farg’ona viloyat bolalar ko’p tarmoqli shifoxonasida joylashgan.

5.Jarrohlik kasalliklari klinik kafedrasi RSHTYoIM Farg’ona filialida joylashgan.

6. Travmatologiya, akusherlik va ginekologiya klinik kafedrasi Farg’ona viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida joylashgan.

7. Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar klinik kafedrasi Farg’ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida joylashgan. Institutda 4 yo’nalishda qo’shma ta’lim dasturi va “MMBS” xalqaro dastur o’z ishsini boshladi - Davolash ishi - Pediatriya ishi - Farmatsiya - Stomotalogiya


Institutga talabalarni qabul qilish tartibi :

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.


Grantlar :

Institutda davlat grantlari mavjud. Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Moddiy texnik baza:

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti moddiy texnik jihatdan doimiy boyitib kelinmoqda. Jumladan, institutda o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun 263ta kompyuter (barchasi internet tarmog‘iga ulangan), 78ta proektor, 15ta televizor, 2ta videomagnitafon, 2ta elektron doska, 2ta masofadan o‘qitish texnikasi va 1ta “Pirogov stoli” bilan ta’minlangan. Institut yangi tashkil bo`lishiga qaramasdan Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari orasidagi reytingda yuqori o‘rinlarni egallashga xarakat qilib kelmoqda. 2019-yil Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi tomonidan Davlat Akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan va 19-dekabr 2019-yilda 5 yil muddatga sertifikat berilgan.


Institut stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Institut yotoqxonasi : Institutda yotoqxona mavjud.



Xalqaro hamkorlik:

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti fan va texnologiyalar Markazini grantlari, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasining fundamental tadqiqotlarida faol qatnashadi hamda chet ellik sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. АQSh, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya va Qozogʼiston va Qirgʼizistonning halqaro va oʼquv tashkilotlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.



Ta'lim yo'nalishlari

univer image

Grant

Biotibbiyot muhandisligi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

12 627 170 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Davolash ishi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Farmatsiya (turlari bo‘yicha)

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Oliy hamshiralik ishi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

12 627 170 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Pediatriya ishi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Tibbiy profilaktika ishi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Xalq tabobati

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Tibbiy-biologik ish

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

9 129 930 so'mdan boshlab

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Biotibbiyot muhandisligi10 / 2372.957.3
Davolash ishi5 / 20141.4112.2
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)10 / 23135.3104.1
Oliy hamshiralik ishi1 / 1084.173.6
Pediatriya ishi4 / 10124.299.6
Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)3 / 7126.7107.1
Tibbiy profilaktika ishi6 / 1570.465.1
Xalq tabobati10 / 22130.1120.2
Tibbiy-biologik ish5 / 20120.7107.3

Galereya

Aloqa

  • call
  • Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Yangi Turon ko‘chasi, 2a-uy

Ijtimoiy tarmoqlar

imageimageimageimage

Fikrlar

im

Fikrlar mavjud emas