Grant
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
29 000 000 so'mdan boshlabXususiy universitet
Toshkent shahri
Qabul muddati
10 Iyun 2024 - 30 Sentabr 2024
OTM litsenziyasi
FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI haqdia:
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Fizik-kimyoviy tahlil, Farmako-toksikologik tahlil, Mikrobiologik tahlil hamda Dori shakllari tahlili laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi talablar asosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Talabalarni zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali kerakli amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari yaratilgan.
Institut ta’lim jarayoniga fan va amaliyotni salohiyatli, shu jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etilishi hamda ularning ishtirokida tizimli xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi asosida talabalar farmatsevtika sohasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar.
Institut talabalari amaliyotlarini akkreditatsiyalangan innovatsion markazlar, tahlil laboratoriyalari, hamda GXP amaliyotiga ega zamonaviy farmatsevtik korxonalar va dorixona muassasalarida o‘tashlari, ilm-fan-ishlab chiqarishni integratsiyasini ta’minlanishi orqali zarur bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Qabul kvotasi 2023 - 2024 - yil uchun : 600 ta
Intitut grantlari : Intitut talabalar uchun grantlar ajratadi va bu yil 15 ta grant mavjud.
Institutga kirish talablari : Tegishli yo'nalishlarda kirish imtihonlarida qatnashib o'tish ballari olish
O'tish ballari :
Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - 75.6 ball (To’lov shartnoma asosida )
Sanoat Farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) - 75.6 ball (To’lov shartnoma asosida )
Davolash ishi - 100 ball (To’lov shartnoma asosida )
Tibbiy profilaktika ishi - 92.3 ball (To’lov shartnoma asosida )
Qolgan yo'nalishlarda - 56.7 ball (To’lov shartnoma asosida )
Yotoqxona : Intitutda yotoqxona mavjud.
Institut tominidan chegirmalar : Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun intitut tomonidan chegirmalar mavjud va chegirmalar o'qishda va jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarga beriladi.
Xalqaro hamkorlik:
2+2 Janubiy Qozog’izton Tibbiyot akademiyasi bilan tuzilgan memarandum, Akademik mobillik asosida Xitoy Respublikasi Kunmin tibbiyot Universiteti bilan tuzilgan memarandumlari mavjud.
FTTI rahbariyati dastlab institutda 1-6 oylik malaka oshirish dasturlari bo‘yicha hamkorlikni boshlashini, kelgusida esa bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida aloqalarni davom ettirishini bildirdi. Tomonlar bakalavrni 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil Xitoyda tahsil olish sistemasini yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borishdi. Erishilgan kelishuvlar ikki tomon uchun ham birdek ahamiyatli va manfaatliligi bir ovozdan e’tirof etildi. Suhbat yakunida Xitoy Farmatsevtika universiteti va Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti o‘rtasida yaqin vaqt ichida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.
Institutda ta’lim jarayoni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar hamda xorijdan mutaxassislarni jalb etilgan holda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib boriladi. FTTIda tahsil olgan bitiruvchilar turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarda, dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarida, nazorat tahlil laboratoriyalarida, sud-kimyo ekspertizasi laboratoriyalarida va boshqa farmatsevtika sohasidagi muassasalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Xujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
Grant
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
29 000 000 so'mdan boshlabGrant
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
26 000 000 so'mdan boshlabGrant
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
33 000 000 so'mdan boshlabFarmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
29 000 000 so'mdan boshlabFikrlar
Fikrlar mavjud emas