Mentalaba - Universitet haqida
Guliston davlat pedagogika instituti logo

Guliston davlat pedagogika instituti

Davlat universiteti

Sirdaryo viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Oʻzbekiston Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Sirdaryo pedagogika instituti (1966-yil asos solingan) negizida Guliston shahrida tashkil etilgan. 1966-yil 17 iyulda Gʻafur Gʻulom nomi berilgan. Universitetda filologiya, fizika-matematika, tarix, pedagokiga, tabiatshunoslik, iqtisodiyot, qoʻshimcha taʼlim fakultetlari, 23 kafedra, 19 ilmiy va oʻquv laboratoriya, ustaxona, gerbariy, botanika bogʻi, zoologiya, tarix va adabiyot muzeylari, maʼnaviyat xonasi, sport maydoni va zali, til oʻrganish markazi, biznes maktabi, kutubxona (330 mingdan ortiq asar saqlanadi), Xoʻjamushkent oʻquv dala amaliyotlari bazasi, Navbahor oʻquv tajriba uchastkasi mavjud (2001). Universitet qoshida 2 akademik litsey va malaka oshirish instituti, bosmaxona ham bor. Gazeta va jurnallar nashr etadi. Instituternet asosida 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning ilmiy markaz va oʻquv yurtlari bilan aloqa qiladi. Universitet 20 ixtisoslik (oʻzbek filologiyasi, rus filologiyasi, ingliz tili va adabiyoti, qozoq filologiyasi, tarix, davlat huquqi, matematika, amaliy matematika va informatika, fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, pedagokiga va boshlangʻich taʼlim uslubi, chizmachilik va tasviriy sanʼat, umumiy texnika va mehnat, qishloq xoʻjaligini mexanizaiyalashtirish, jismoniy madaniyat, iqtisod, agrokimyo va tuproqshunoslik, buxgalteriya hisobi va audit) boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1993-yildan aspirantura faoliyat koʻrsatadi. Universitetda 7 yoʻnalish boʻyicha aspirant, 5 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2001/2002 oʻquv yili universitetda 2664 talaba taʼlim oldi, 200 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan 10 fan doktori va professor, 100 dan ortiq fan nomzodi va dotsent ishladi. Universitet faoliyati A. Parpiyev, A. Kattabekov, U. Oʻljaboyev, A. Quljonov, H. Qarshiboyev, Sh. Niyozov, F. Samadov, R. Mahmudov, V. Rahmonov, A. Pozilov, B. Toʻychiboyev, I. Axmetov, O. Ayupov, N. Mamadiyorov kabi professor-oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitet SOROS, Adenauer, "Ustoz", "Umid", Aksele, Tasis kabi xalqaro jamgʻarmalar bilan hamkorlik qiladi. Universitetda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. 2002-yilgacha universitet 19934 mutaxassis tayyorladi.

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Biologiya10 / 15125.8118.1
Boshlang‘ich taʼlim5 / 2091.475.6
Fizika va astronomiya10 / 1592.569.8
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari15 / 3593.569.7
Jismoniy madaniyat10 / 65150.3129.9
Jismoniy madaniyat: xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha10 / 1510269.4
Kimyo10 / 1576.568.1
Maktabgacha taʼlim5 / 2072.759.8
Matematika va informatika10 / 40125.991.5
Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi10 / 15143.6100.9
Musiqa taʼlimi10 / 15105.566.2
O‘zbek tili va adabiyoti10 / 15137.2118.7
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)25 / 50135.1112.2
Ona tili va adabiyot: qozoq tili va adabiyot10 / 1582.970.5
Pedagogika15 / 35124.992.4
Tarix10 / 40145.6113.5
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi10 / 15139.9114.4
Texnologik taʼlim10 / 4076.965
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili5 / 20147.5118.3

Aloqa

  • call
  • Sirdaryo viloyati, Guliston shahri Talabalar ko'chasi, 49-uy

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas