
Impuls Tibbiyot Instituti - Namangan filiali
Xususiy universitet
Namangan viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 May 2026 - 31 Oktabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Klinikadan Ta’lim Maskaniga
2018-yilda Namangan viloyatining Norin tumanida Impuls ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi tashkil etilgan edi. Klinikaga asos solishdagi asosiy maqsad — bemorlarga yuqori sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘lgan.
Ammo qisqa vaqt ichida dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi barcha sog‘liqni saqlash tizimlari uchun chuqur sinov bo‘ldi. Klinikadagi shifokorlar pandemiya sharoitida bemorlarga yordam berishga intilgan bo‘lsalar-da, resurslar yetishmovchiligi va malakali kadrlar tanqisligi bu jarayonni murakkablashtirdi.
Pandemiya paytida yuzaga kelgan bu muammolar barcha tibbiyot muassasalari uchun umumiy bo‘lishi, shuningdek malakali shifokorlar yetishmovchiligi — tizimli vazifa ekanligi ayon bo‘ldi. Shu sababli Impuls klinikasi rahbariyati sog‘liqni saqlashning kelajakdagi barqaror rivojlanishi uchun malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash lozim degan qarorga keldi.
Institutni Barpo Etish G‘oyasi
2019-yilda shifokorlar yetishmovchiligi muammosini hal etish maqsadida o‘z tibbiyot institutini ochish g‘oyasi shakllandi. Bu tashabbus asosida dunyoning ilg‘or ta’lim tizimlari o‘rganildi — jumladan Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlaridagi tibbiyot ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimlari tajribasi tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida institut ta’limi AQShning USMLE(United states medical licensing examination-AQSH tibbiy litsenziya imtoxoni) standartlariga mos keladigan tizim bo‘lishi maqsad qilindi. Shu maqsadda malakali mutaxassislar jalb qilindi va uzoq yillik tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Institutning Rasmiy Ochilishi
Bir necha yillik sa’y-harakatlar natijasida 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan №047559 sonli litsenziya asosida Namangan viloyatida xususiy Oliy ta’lim tashkiloti— Impuls Tibbiyot Instituti rasmiy ochildi. Bu institut mintaqadagi birinchi va yagona xususiy tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi.
Institut zamonaviy tibbiy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, talabalarga chuqur nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalar berishni maqsad qilgan. Bugungi kunda institutning Namangan va Chirchiq shaharlardagi filiallari mavjud boʻlib, u yerda 3 ta: Davolash ishi, Stomatologiya va Pediatriya ishi yoʻmalishlarida 2 mingga yaqin talabalar ta’lim olishmoqda. Ta’lim tizimi yetuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan boʻlib, xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Institutning vazifasi:
Mamlakatning tibbiyot xodimlariga bo’lgan talabini hisobga olib, yetarli miqdordagi talabalarni o’qitish, professional kadrlar tayyorlash bo’yicha yechimlar taklif qilish, yangi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqarish va ta’lim-tarbiya tamoyillarini ishlab chiqish.
GRANT VA CHEGIRMALAR
Impuls tibbiyot instituti iqtidorli, bilimli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant va turli imtiyozlar tizimini joriy etgan. Mazkur tizim talabalarning akademik muvaffaqiyatlarini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Akademik grantlar
Institutda har bir semestr yakunida talabalar bilimini baholash natijalariga ko‘ra grant ajratish imtihonlari o‘tkaziladi.
Har bir semestr yakunida umumiy talabalar kontingentining 10 foizigacha bo‘lgan eng yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega talabalar 100 foizlik grant bilan taqdirlanadi.
Grantlar faqat akademik reyting, fanlardan o‘zlashtirish darajasi va intizomiy holatlar asosida belgilanadi.
Grant ajratish jarayoni maxsus ishchi komissiya tomonidan shaffof va adolatli tarzda amalga oshiriladi.
Kontrakt to‘lovlari bo‘yicha chegirmalar:
Talabalarga quyidagi hollarda kontrakt to‘lovlariga chegirmalar berilishi mumkin:
- Kirish imtihonlarida yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga;
- O‘qish davomida akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalarga;
- Institut hayotida faol ishtirok etayotgan iqtidorli talabalarga;
Tayyorlov kurslari bitiruvchilari uchun belgilangan tartibda.
Chegirmalar miqdori 10 %, 20 %, 30 %, 40 % va 50 % gacha bo‘lishi mumkin va tegishli buyruqlar asosida rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy imtiyozlar:
Institut tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan:
- Boquvchisini yo‘qotgan talabalar;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Kam ta’minlangan oilalar farzandlari;
- Yolg‘iz ota-ona farzandlari.
Mazkur toifadagi talabalar uchun masala individual tartibda, hujjatlar asosida va institut komissiyalari xulosasiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro imkoniyatlar va rag‘batlantirish
Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va ilmiy anjumanlarda g‘olib bo‘lgan talabalar rag‘batlantiriladi;
Xorijiy stajirovkalar va tajriba almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
Faol va iqtidorli talabalar institut tomonidan tavsiyanoma bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Grantlar
Testlarda yuqori bal to‘lagan 10% talaba uchun grant beriladi.
Imtihon fanlari:
- Kimyo - 5 ta savol
- Biologiya - 15 ta savol
- Mantiqiy savollar - 15 ta savol
- Matematika - 15 ta savol
Har bir to'g'ri javob uchun 2 baldan beriladi va imtihondan o'tish uchun kamida 56 bal to'plash kerak.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas






Izohlar
Izohlar mavjud emas