Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Inha University in Tashkent logo

Inha University in Tashkent

Xalqaro universitet

Toshkent shahri

calendar

Qabul muddati

10 Iyun 2024 - 30 Avgust 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Toshkent shahridagi Inha Universtiteti uch yo`nalish bo`yicha kurslari mavjud:

Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniringi – School of Computer and Information Engineering (SOCIE)

Dasturiy injiniring – ushbu yo’nalish bo’yicha tahsil olayotgan talabalar kompyuter tizimlarini rivojlantirishning asosidagi elektrotexnika va informatika fanlari bo’yicha chuqur ilmlarga ega bo’lishadi.

Kompyuter injiniringi – kompyuter va mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minotni boshqarish va ishlab chiqish, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish, shuningdek ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturlari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

Logistika va biznes fakulteti – School of Business and Logistics (SBL)

Ushbu mutaxassislik asosida minimal xarajat bilan tovarlarni saqlash va muhim geografik lokatsiyalariga yetkazib berishning samarali jarayonlarini ishlab chiqish uchun muhim bo’lgan bilimlar qamrab olinadi.

MAGISTRATURA

2021-yilda birinchi marta “Raqamli transformatsiyadagi MBA” (MBA in Digital transformation) magistratura yo‘nalishi ochildi. Ushbu dastur biznes boshqaruvining asosiy yo’nalishlaridan tashqari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash mavzularini qamrab oladi.

Dasturning maqsadi 4-chi sanoat inqilobining yangi davriga qadam qo‘ygan talabalarga menejerlik tafakkuri va konvergent muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, hamda texnik, nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirib, tashkilotlarda raqamli biznes transformasiyasini loyihalashtirish, amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini berishdir. Dastur moliyaviy xizmatlar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mehmondo‘stlik, ta’lim va hukumat kabi turli sohalarda biznesni raqamli transformasiyasiga yordam beradi.

Ushbu kunduzgi ta’lim...

Ta'lim yo'nalishlari

Galereya

Aloqa

  • call
  • 9 Ziyolilar ko'chasi, Тоshkent