
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Xususiy universitet
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
University of Innovation Technologies — Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat boshlagan birinchi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, 2022-yil noyabr oyida rasmiy litsenziya asosida tashkil etilgan.
Bugungi kunda universitetda 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar 8 mingdan ziyod talaba va yoshlarga zamonaviy ta’lim berib kelmoqda. Ta’lim jarayoni kunduzgi va sirtqi shakllarda tashkil etilib, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro standartlarga asoslangan metodikalar qo‘llaniladi.
Universitet dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi va o‘quv jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilar ham jalb etiladi. Asosiy maqsad — innovatsion bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh hamda zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Ta’lim jarayoni “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Davlat ta’lim standartlari va malakaviy talablar asosida olib boriladi. Auditoriyalar multimedia texnologiyalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, video-audio tizimlar va masofaviy ta’lim platformalari bilan jihozlangan. Universitetda kredit-modul tizimi va elektron o‘quv platformalari faol qo‘llanilib, barcha fanlar bo‘yicha elektron resurslardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Universitet yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash hamda yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Jamoa ta’lim tizimidagi islohot va yangiliklarga mos ravishda faoliyat yuritmoqda.
So‘nggi yillarda universitet xalqaro reytinglarda ham munosib natijalarga erishmoqda. 2024-yil oktabr oyida “Times Higher Education World University Rankings 2025” reytingida “Reporter” maqomini oldi. Shuningdek, 2024-yil yakunlariga ko‘ra “UI GreenMetric World University Rankings 2024” reytingida dunyo bo‘yicha 1364-o‘rinni hamda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari orasida 50-o‘rinni egalladi.
Ilmiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida universitetda Oliy attestatsiya komissiyasi tizimi asosida ilmiy unvonlar berish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yilda universitet tomonidan respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalar tashkil etildi.
Talabalar innovatsion va texnologik loyihalarda ham faol qatnashmoqda. Jumladan, iqtidorli talabalar “Techno Ways” texnologik taraqqiyot marafonida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Bundan tashqari, 4 nafar talaba davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.
Hozirgi kunda universitet dunyoning 12 davlatidagi 21 ta oliy ta’lim muassasasi bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani Murtazabiy OFY, Taxitashskaya ko'chasi, 28 uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas




Izohlar
Izohlar mavjud emas