Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Davlat universiteti
Toshkent shahri
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
5 Iyun 2025 - 25 Iyun 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) haqida:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) 1992 yil 23 sentyabrda tashkil etilgan bo’lib O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiritilgan bo'lib, universitet quyidagi:
- xalqaro iqtisodiyot va menejment;
- xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
- xalqaro ommaviy va xususiy huquq
yo’nalishlarida yuqori saviyadagi fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boruvchi mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydigan tayanch oliy ta’lim muassasasidir.
Hozirgi kunda JIDUda 4 ta fakultet mavjud:
- Xalqaro munosabatlar
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment
- Xalqaro huquq
- Siyosatshunoslik
Universitet grantlari :
"Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) universitetida grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant asosida o'qish imkoniyati bor.
Universitet stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Bakalavriyat:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 2024-yil 5-iyundan 5-iyulgacha bo‘lgan muddatlarda onlayn ariza topshirish orqali qabul qilinadi. Diplomatiya kvotalari va kontrakt narxlari 2022-2023 oʻquv yilida universitetda 1968 nafar talaba (bakalavr va magistratura bosqichida) tahsil olmoqda, shu jumladan. Kanada, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg'onistondan 26 nafar xalqaro talabalar. Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi 160 nafar bo‘lib, ulardan 17 nafari professor, 17 nafari fan doktori.
Diplomatiyaga kirish ballari va grantlar haqida ma'lumot!
Diplomatiyadagi qo'shma dasturlar:
4 ta Yevropa oliy o'quv yurtlari bilan: Kastiliya–La Mancha universiteti (Ispaniya); Lund universiteti (Shvetsiya); Padov universiteti (Italiya); I. Kusa nomidagi Yas universiteti (Ruminiya) akademik almashinuvni kengaytirishga qaratilgan "Erasmus+" ta'lim loyihalari bo'yicha faol hamkorlik olib borilmoqda. Shu asosda ko'plab umed talabalari sherik universitetlarda o'qish imkoniyatiga ega bo'lishdi va chet el universitetlaridan ular UMEDDA o'qish paytida almashinuv dasturlarida qatnashishlari mumkin edi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkor universitetlar o'rtasida 24 ta memorandum, 22 ta kelishuv, 12 ta shartnoma va 2 ta protokolni imzolash orqali 60 dan ortiq yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatdi.
JIDU Yotoqxonasi:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyi (TTJ) 1992-yil universitet va universitet qoshidagi litsey talabalarini turar joy bilan ta`minlash maqsadida tashkil qilingan. Mazkur talabalar turar joyi 2 ta binodan iborat bo`lib, 800 o`ringa mo`ljallangan. Hozirda TTJda 550 ta talaba iste`qomat qiladi. 98-ta litsey o’quvchilari.
- Talabalar turar joyida ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan, muhim tarixiy sanalar va bayram shodiyonalariga bag`ishlab o'tkaziladigan, talabalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan hamda sport-sog`lomlashtirish ishlariga oid tadbirlarni tashkil qilish;
- Talabalarning o'z-o'zini boshqarish tizimini tashkil qilish
- Talabalar turar joyining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati bo'yicha TTJ rahbari, fakultet dekanlari va murabbiylar ishtirokida umumiy yig`ilish o'tkazish;
- 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o'tkazish. Ularni TTJ qoidalari bilan tanishtirish;
- Talabalar turar joyida joriy etilgan «Me'yoriy hujjatlar»ga amal qilinishini ta'minlash bo'yicha yig`ilishlar o'tkazish.
- TTJ da «Pasport tizimi» qonun-qoidalariga amal qilinishini ta'minlash va u bo'yicha tushuntirish ishlari olib boorish;
- Yangi o'quv yili uchun murabbiylar tarkibini ko'rib chiqish va ish rejalarini tasdiqlash.
- Talabalar turar joyidagi «Dam olish xonalar»ini kerakli materiallar bilan jihozlash;
- TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar tomonidan Ichki-tartib qoidalariga rioya etilishini ta`minlash va nazorat qilish
Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi 160 nafardan ortiq bo‘lib, ulardan 17 nafari professor, 17 nafari fan doktori.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Qabul kvotasi va kirish ballari
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|---|---|---|
Siyosatshunoslik | 2 / 30 | 167.1 | 137.7 |
Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) | 5 / 47 | 179.5 | 155.4 |
Xalqaro munosabatlar | 3 / 25 | 189 | 180.6 |
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) | 2 / 32 | 185.7 | 155.2 |
Amaliy siyosatshunoslik | 2 / 0 | - | - |
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha) | 2 / 0 | - | - |
Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) | 3 / 0 | - | - |
Xalqaro biznes huquqi | 2 / 0 | - | - |
Xalqaro huquq (sohalar bo‘yicha) | 4 / 0 | - | - |
Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) (magistratura) | 3 / 0 | - | - |
Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati | 2 / 0 | - | - |
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas