
Jizzax davlat pedagogika instituti
Davlat universiteti
Jizzax viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Jizzax davlat pedagogika universiteti haqida:
O’zbekistondagi navqiron oliygohlardan biri hisoblangan ta’lim maskani 1974 yil tashkil topgan. Unga 1989 yil Abdulla Qodiriy nomi berilgan. 2 ta fakultetda 5 ta yo’nalish hamda 6 ta kafedra va 50 nafar professor-o’qituvchilar jamoasi va 425 nafar talabalar bilan ish boshlagan institut bugungi kunga kelib 13 ta fakultet va 41 kafedraga ega katta ilm dargohiga aylangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 21.06.2022 yil «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida» gi PQ-289 sonli qaroriga ko’ra A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga, Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.
Bakalavriat:
Bugungi kunda Universitetda 13 fakultet, 41 ta kafedra mavjud. Talabalar soni: 27 bakalavriat yo’nalishi kunduzgi bo’limda 11044 nafar, 11 ta bakalavriat yo’nalishi sirtqi bo’limda 7086 nafar, 20 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 1271 nafar magistrant mavjud. Professor o’qituvchilar : 836 nafarni tashkil etadi. Jizzax davlat pedagogika universitetiga qabul 2023/2024. JDPUga 2023-yilgi qabul 20 iyundan - 20 iyulgacha
Jizzax davlat pedagogika universitetiga kirish ballari, kvotalar va grantlar haqida ma'lumot!
JDPU qo'shma dasturlari:
Ayni paytda Jizzax davlat pedagogika universiteti Belorusiyaning ikkita yirik universitetlari: Maksim Tank nomidagi Belorusiya davlat pedagogika universiteti va Baranovichi nomidagi davlat universiteti bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Bo’lim uchta yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi va ikkita o’quv dasturlari bo’yicha faoliyat olib boradi, xususan:
«3 + 1» o’quv dasturi
5210200 – Amaliy psixologiya
5111900 – Defektologiya (logopediya)
«2 + 2» o’quv dasturi
5111800 – Maktabgacha ta’lim
5210200 – Amaliy psixologiya
Bo’lim hamkorlar bilan birgalikda o’quv dasturlarini ishlab chiqadi va ikki darajali dasturlarni amalga oshiradi. «Ikki daraja» dasturi JDPU diplomlari bilan bir vaqtning o’zida nufuzli xorijiy oliy o’quv yurtidan diplom olishga imkon beradigan bir yoki ikki yillik akademik almashinuv dasturi (3 + 1 yoki 2 + 2) asosida. Talaba JDPUda ikki (uch) yil o’qiydi, so’ngra uchinchi va to’rtinchi (to’rtinchi) yillarda JDPU fanlarini individual jadval asosida o’qiyotganda, boshqa davlatga (masalan, Belorusiyaga) jo’nab ketadi. Bu chet tillarini bilish va xalqaro tajriba orttirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
JDPU yotoqxonasi haqida:
Jizzax davlat pedagogika institutidagi TTJ bugun tubdan o’zgargan. Bundan bir necha yillar muqaddam o’ta abgor holdagi yotoqxonalar bugungi kunda ko’zni quvnatar darajada ta’mirlangan. Bugun jami 465 nafar talaba barcha sharoitlarga ega TTJ da istiqomat qilishadi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Qabul kvotasi va kirish ballari
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|---|---|---|
Biologiya | 19 / 55 | 133.1 | 123.4 |
Boshlang‘ich ta‘lim | 28 / 90 | 145.8 | 119.8 |
Davolash ishi | 0 / 20 | - | 139.3 |
Fizika va astronomiya | 23 / 100 | 84.3 | 59.9 |
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari | 18 / 55 | 121.3 | 100.5 |
Jismoniy madaniyat | 5 / 20 | 156.3 | 140.6 |
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) | 5 / 20 | 124 | 96.3 |
Kimyo | 18 / 55 | 93.4 | 67.3 |
Maktab menejmenti | 10 / 40 | 122.4 | 80.3 |
Maktabgacha ta‘lim | 25 / 100 | 126.1 | 96.2 |
Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limda jismoniy tarbiya va sport | 5 / 20 | 128.7 | 110.7 |
Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limda xorijiy til: ingliz tili | 10 / 40 | 161 | 140.5 |
Matematika va informatika | 48 / 140 | 128 | 92.4 |
Maxsus pedagogika : logopediya | 20 / 30 | 143.3 | 109.7 |
Maxsus pedagogika : oligofrenopedagogika | 10 / 40 | 108.6 | 87.4 |
Maxsus pedagogika : supdopedagogika | 20 / 30 | 121.5 | 98.1 |
Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi | 8 / 40 | 167.9 | 140.4 |
Musiqa ta‘limi | 10 / 40 | 160.1 | 110 |
O‘zbek tili va adabiyoti | 24 / 100 | 147.7 | 118.5 |
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun) | 19 / 75 | 135.1 | 109.9 |
Ona tili va adabiyot: rus tili va adabiyot | 20 / 60 | 99.3 | 78.5 |
Pedagogika | 20 / 80 | 155.2 | 127.9 |
Pediatriya ishi | 0 / 20 | - | 133.4 |
Sport faoliyati: kurash | 5 / 20 | 153.7 | 137.1 |
Sport faoliyati: voleybol | 10 / 15 | 111.3 | 91 |
Tarix | 5 / 20 | 113.6 | 78.6 |
Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi | 10 / 40 | 160 | 110 |
Texnologik ta‘lim | 10 / 40 | 160 | 110 |
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili | 10 / 40 | 150.7 | 129.8 |
Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati | 0 / 0 | - | - |
Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (oila aʼzolaridan biri kar va soqov bo‘lgan abituriyentlar uchun) | 0 / 0 | - | - |
Ona tili va adabiyot: rus tili va adabiyoti | 0 / 0 | - | - |
Professional taʼlim: yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi) | 0 / 0 | - | - |
Psixologiya: amaliy psixologiya | 0 / 0 | - | - |
Galereya
Aloqa
- 130100.Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko'chasi, 4-uy.
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas