Mentalaba - Universitet haqida
Mirzo ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti logo

Mirzo ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti

Davlat universiteti

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti haqida:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti 1918 - yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1995 - yilga kelib universitetga Mirzo Ulug'bek nomi berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti (MUN) O‘zbekistonning etakchi ilmiy-ta'lim muassasalari dan biridir. Universitet oliy malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borishga va davlatimizning iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan.

Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida yo'nalishga mos imtihonlarda qatnashish.


Yotoqxona haqida:

Universitetga qarashli 10 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularda jami o‘rinlar soni 2021 yilga qadar 3600 tani tashkil etar edi. 2021 yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 1500 ta o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 5130 taga yetkazildi.


Xalqaro hamkorlik :

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti dunyoning yetakchi davlat va nodavlat universitetlari bilan student exchange dasturi va boshqa ko'plab xalqaro hamkorlik memarandumlari mavjud bo'lib, unda talabalar 1 + 3 , 2 + 2 , 3 + 1 ko'rishida xorijda o'z bilim va tajribalarini oshirish imkoniyati bor.


O`quv uslubiy boshqarma faoliyati: 

  • O`quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish
  • Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta`minlash, tahlil qilish
  • O`zMUni o`rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o`tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o`tkazish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirish
  • O`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta`minlash
  • Fakultet va kafedralarda o`quv yuklamalari xisob kitobini to`g`ri va mavjud me`yoriy xujjatlarga asosan taqsimlanishini ta`minlash va nazorat qilish
  • Universitetda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini ta`minlash


Fanlar bo'yicha mezonlar:

Mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi - 3 ta majburiy fan va bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) - 10 ta savol;

- Matematika - 10 ta savol;

- O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol;

30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93,0 ball

2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63,0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2024/2025 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test savoli beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189.



Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik15 / 35111.396.6
Amaliy etika20 / 10137.7122
Amaliy matematika0 / 50-72.3
Antropologiya va etnologiya10 / 15155.1138.3
Arxeologiya0 / 20-72.7
Arxivshunoslik5 / 20139.5120.8
Astronomiya5 / 20103.457.4
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)0 / 50-56.7
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)5 / 20164.8114.5
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar5 / 2080.1-
Bank ishi5 / 45171.3101.9
Biologiya (matematik biologiya)10 / 1568.856.9
Biologiya (turlari bo‘yicha)0 / 20-78.2
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)15 / 35126.8111.1
Budjet nazorati va g‘aznachiligi10 / 40152.380.3
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)5 / 2068.761.2
Ekonometrika5 / 20157.4105.2
Falsafa (tizimli tahlil va mantiq)5 / 20153.9118.9
Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)5 / 20173.1137.3
Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili3 / 1279.556.8
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili0 / 20-139
Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili5 / 2010166.1
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili0 / 75-117.1
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili0 / 50-96.5
Fizika0 / 20-59.6
Fizika (matematik fizika)10 / 15119.371.5
Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)0 / 25-71.5
Geografiya0 / 20-58.8
Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha)0 / 50-64
Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha)5 / 15--
Gidrometeorologiya10 / 15124.6109.9
Hayot faoliyati xavfsizligi15 / 3576.660.9
Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash3 / 1785.574.8
Inson resurslarini boshqarish5 / 20137.6103.2
Iqtisodiyot (matematika iqtisodiyoti)10 / 15152.396.6
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)0 / 25-65.3
Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi10 / 2072.765
Jurnalistika: internet jurnalistika3 / 27131.959.4
Kimyo (turlari bo‘yicha)0 / 50-62.1
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)0 / 50-58.7
Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari)5 / 2085.362.9
Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)5 / 20152.7103.7
Matematika0 / 50-89.3
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o‘zbek tili5 / 20143.9118.6
Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)5 / 20128.466.2
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)0 / 25-68.8
Meteorologiya va iqlimshunoslik5 / 2097.974.4
Mexanika va matematik modellashtirish10 / 4093.357
Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi5 / 20179.5161.6
Mintaqaviy iqtisodiyot5 / 20166109.3
Moliya va moliyaviy texnologiyalar5 / 20166.1104.3
Neft va gaz kimyosi20 / 5585.462
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)20 / 80148.1121.6
Patentshunoslik5 / 20130.891.3
Psixologiya: amaliy psixologiya0 / 20-76.9
Psixologiya: oila psixologiyasi4 / 2190.476.9
Psixologiya: yoshlar psixologiyasi4 / 21101.179.3
Seysmologiya va seysmometriya5 / 2091.371.4
Siyosatshunoslik5 / 40181.3159.6
Sotsiologiya5 / 2086.263.4
Sport faoliyati: dzyudo5 / 20138.788.5
Sport faoliyati: kurash5 / 20143113.2
Sport faoliyati: regbi2 / 1393.656.8
Sport faoliyati: taekvondo WTF3 / 22147106
Sug‘urta ishi5 / 20124.981.9
Sun‘iy intellekt10 / 40137.270.4
Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi5 / 2098.577.2
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)0 / 20-78.4
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili2 / 13148.6114.5
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili2 / 13164.5146.3
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili2 / 13164.6122.4
Tibbiyot fizikasi15 / 35108.260.1
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili10 / 40165.6146.3
Yurisprudensiya : biznes huquqi5 / 20185.7167.1
Geoaxborot tizimlari va geofazoviy tahlil0 / 0--
Hayotiy faoliyat xavfsizligi0 / 0--
Kimyo: oziq-ovqat mahsulotlari kimyosi0 / 0--
Matematik va kompyuterli modellashtirish0 / 0--

Aloqa

  • call
  • Toshkent sh., Universitet ko'chasi, 4, Universitet ko'chasi, 4, Toshkent 100174
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas