Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Namangan davlat pedagogika instituti logo

Namangan davlat pedagogika instituti

Davlat universiteti

Namangan viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Namangan davlat pedagogika instituti :

O`zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2022 yil 21 iyundagi PQ-289 sonli «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Namangan davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Unda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida, 2022/2023 o‘quv yilida Namangan davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini tegishliligi bo‘yicha Namangan davlat pedagogika institutida boshlaydi.


Talabalar akademiyasi :

Talabalar akademiyasining asosiy maqsadi individual ta’lim texnologiyalari asosida talaba-yoshlarni o‘quv, ilmiy–tadqiqot va tarbiyaviy faoliyatlarda rivojlantirish, iqtidorli talabalarni kashf qilish va ularni bu faoliyatni qo‘llab quvvatlash uchun asos yaratishdan iborat.

 - iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;

 - iqtidorli talabalarni kashf qilish, ilmiy tadqiqot va kasbiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlarni amalga oshirish;

 - talabalar, ilmiy rahbarlar, soha mutaxassislari, tyutorlar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali yetuk kadrlarni ta’minlash;

 - talaba-yoshlarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini hamda muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirish;

 - iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

 - turli tashkilotlar, institutlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, ularning olimlari va mutaxasislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, simpoozumlar, turli ijodiy tanlovlarda namoyish qilishga hamda nashr qilishga yordam berish.



Qabul qilinish talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashib yo'nalishlar kesimida o'tish ballarini to'plash.


Namangan davlat pedagogika instituti grantlari :

Institutda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Namangan davlat pedagogika instituti stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Namangan davlat pedagogika instituti yotoqxonasi : Institutida yotoqxona mavjud.


Xalqaro hamkorlik :

Namangan davlat pedagogika institutida tur xildagi xalqaro shartnomalar mavjud va bu shartnomalar talabalarni chet davlatlarda o'qishlari va tajriba ortirishlari uchun xizmat qiladi. Bu yerdan tanishib chiqishingiz munkin...



Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Biologiya0 / 25-113
Boshlang‘ich taʼlim0 / 175-64.3
Fizika va astronomiya15 / 3596.869.4
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari10 / 40102.671.1
Jismoniy madaniyat0 / 75-57.1
Jismoniy madaniyat: xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha5 / 10102.171.4
Kimyo15 / 3581.867
Maktabgacha taʼlim0 / 25-69.8
Maktabgacha taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi10 / 4088.374.5
Matematika va informatika0 / 25-95.7
Maxsus pedagogika : logopediya25 / 50116.692.3
Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi10 / 4013171.8
Musiqa taʼlimi0 / 50-58.6
O‘zbek tili va adabiyoti10 / 40143.4120.4
Pedagogika0 / 50-78.8
Psixologiya: amaliy psixologiya5 / 20103.884.5
Tarix0 / 50-89.6
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi0 / 50-64.8
Texnologik taʼlim0 / 50-57

Aloqa

  • call
  • Namangan sh., Uychi ko'chasi, 316-uy
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas