Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Namangan davlat universiteti logo

Namangan davlat universiteti

Davlat universiteti

Namangan viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Namangan davlat universiteti qabul - 2023 - 2024

Namangan davlat universiteti qabul 20-iyundan - 20 iyulgacha davom etadi. Oliygohga DTMning rasmiy sayti orqali hujjat topshirishingiz mumkin bo'ladi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.


Oliygoh haqida:

Namangan davlat universiteti 1941 yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan bo‘lib, 1992 yilda universitet maqomini olgan. Namangan davlat universitetda 16 ta fakultet,  46 ta kafedrada 714 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. Universitetda 57 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 31 ta magistratura mutaxassisligi va 3 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida (11 ta yo‘nalish) kadrlar tayyorlanmoqda. Mazkur o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishi kunduzgi 13951 nafar, kechki 2928 nafar, sirtqi 8732 nafar, 2-mutaxassislik kunduzgi 48 nafar, 2-mutaxassislik sirtqi 873 nafar, magistratura yo‘nalishida 1704 nafar, jami 27315 nafar talabalar ta’lim olmoqdalar.

Universitetda jami 355 ta auditoriyalar (shundan 44 ta laboratoriya xonalari) mavjud bo‘lib, fakultetlardagi 16 ta katta ma’ruza auditoriyalariga zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatilib, boshqaruv pultiga ulash jarayonlari amalga oshirilmoqda.


Universitetning professor-o‘qituvchilari tarkibi xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislardan iborat.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi - 714 ta;

Fan doktorlari va professorlar - 21 ta;

Fan nomzodlari va dotsentlar, PhD - 211 ta


Bakalavr

Universitetda mavjud 57 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi.

2022 / 2023 yil kunduzgi ta'lim uchun jami qabul kvotasi: 2 775 ta

Grantl kvotalari soni: 645 ta -> O'zbek tili - 529 ta; Rus tili - 116 ta

To'lov-kontrakt kvotalar asosida: 2 130 ta -> O'zbek tili - 1 716; Rus tili - 414

Kechki ta'lim qabul kvotalari jami soni: 450 ta -> O'zbek tili - 375; Rus tili - 75

Sirtqi ta'lim qabul kvotalari jami soni: 1225 ta -> O'zbek tili - 1150; Rus tili - 75


Magistratura

Universitet 31ta yo'nalish bo'yicha magistratura darajasini olish mumkin

2022 / 2023 o'quv yili uchun Magistratura qabul kvotalarining jami soni: 164 ta

Davlat grantlari asosida: 164 ta


Grantlar va stipendiyalar

Namangan davlat universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu stipendiyalarga quyidagilar kiradi:

-       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 so‘m;

-       Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov – 1 207 461 so‘m;

-       Davlat granti asosida, shuningdek, shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya;

-       1-va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun stipendiya - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;

-       Alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;



Talabalar yotoqxonasi

Mavjud

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)10 / 4071.457.9
Amaliy filologiya10 / 40136.199.4
Amaliy matematika25 / 50131.2102.7
Arxeologiya5 / 20144.8107
Arxivshunoslik5 / 20114.567.5
Biologiya (turlari bo‘yicha)20 / 55137.2128.4
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)5 / 20120.2106
Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)0 / 25-64.5
Boshlang‘ich ta‘lim25 / 75142.9117.2
Davolash ishi0 / 22-139.5
Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi5 / 20119.9103.7
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)5 / 2078.363.6
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)0 / 25-87.7
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili5 / 20182.6158.2
Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili5 / 20136103.4
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili20 / 30154.9133.6
Fizika25 / 5098.964.7
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi0 / 25-57.7
Geografiya15 / 35107.783.7
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari5 / 20113.285.7
Hayot faoliyati xavfsizligi5 / 20103.870.4
Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash3 / 20113.590.2
Iqtisodiy xavfsizlik0 / 25-62.3
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)10 / 40150.5103
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish5 / 2086.365.3
Jismoniy madaniyat10 / 15143.8138.8
Kimyo5 / 2085.966.6
Kimyo (turlari bo‘yicha)25 / 5082.263.5
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)5 / 2088.372
Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)0 / 25-62.5
Maktabgacha ta‘lim25 / 50118.595.8
Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limda xorijiy til: ingliz tili5 / 25170.7144.7
Matematika30 / 45141.6117.6
Maxsus pedagogika : logopediya20 / 55135.495.6
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish5 / 20104.370.4
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)15 / 35112.465.2
Meteorologiya va iqlimshunoslik15 / 3568.857.2
Mevachilik va uzumchilik5 / 2092.564.2
Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi5 / 20162.7136.1
Moliya sohasida boshqaruv0 / 25-73.9
Musiqa ta‘limi10 / 40140.7105.8
O‘simlikshunoslik (gulchilik)5 / 20104.182.9
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)0 / 25-61.2
Pedagogika5 / 20146.7112.6
Pediatriya ishi0 / 22-136.4
Psixologiya: amaliy psixologiya15 / 35106.384
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik5 / 2083.164.1
Sotsiologiya5 / 207759
Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)15 / 3510358.6
Sport faoliyati: kurash8 / 17119.297.8
Sport faoliyati: voleybol5 / 20132.599.8
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)15 / 35161.3136.3
Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi5 / 20148.4110.8
Texnologik ta‘lim10 / 408063
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )5 / 20165.5140.2
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili35 / 65175.1157.2
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)5 / 20182.4162.5
Zooinjeneriya: baliqchilik5 / 20108.877.6
Dizayn: sanoat dizayni5 / 2080.164.3
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi10 / 15122.7108.2
Grafika: xattotlik va miniatyura5 / 2010259.4
Hayotiy faoliyat xavfsizligi5 / 2076.263.2
Jurnalistika: internet jurnalistika0 / 25-74
Jurnalistika: teleradio jurnalistikasi0 / 25-66.8
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)0 / 25-77.7
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik10 / 15107.383.2
Professional taʼlim: texnologik mashinalar va jihozlar10 / 1570.962.8
Rangtasvir: dastgohli8 / 17119.462
Sport faoliyati: qo‘l to‘pi8 / 1771.957.1
Suv bioresurslari va akvakultura5 / 2092.261.7

Aloqa

  • call
  • Namangan viloyati, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316- uy

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas