
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
Davlat universiteti
Namangan viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Institut haqida :
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida“gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada toʻqimachilik sanoatidagi malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, Institutda shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish tashkil etilishi mumkin.
Institutda ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki).
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq institutda ta’lim olishning boshqa shakllari ham joriy etilishi mumkin.
Institutga talabalarni qabul qilish tartibi :
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Grantlar :
Institutda davlat grantlari mavjud. Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.
Institut stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Institut yotoqxonasi : Institutda yotoqxona mavjud.
Xalqaro hamkorlik :
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti endilikda Xitoyning TIANGONG universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra institut magistrantlari 1 yil, shu yerda 1.5 yil Xitoyda ta’lim olishi rejalashtirildi. Xalqaro korxonalarda amaliyot o‘tashi, har ikki oliygohdan diplom olishlari, qabul jarayonlari Namanganda o‘tishi va Xitoy vakillari qatnashishi, bu hamkorlik bakalavriat bosqichi uchun ham qo‘llanilishi rejalashtirib olindi.
"O'zbekistonda to'qimachilik sohasi uchun ikkita yangi professional standart asosida dual bakalavriat kurslarini ishlab chiqish" mavzusida 28-29-may kunlariga mo’ljallangan seminar-trening o'z ishini boshladi.Namangan to'qimachilik sanoati instituti mezbonlik qilayotgan mazkur seminarda, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, Uz, textile prom, viloyatdagi to'qimachilik ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etmoqdalar. Germaniyaning "Giz" hamda "Gopa" xalqaro loyihalari doirasida "O'zbekistonda to'qimachilik sohasi uchun ikkita yangi professional standart asosida dual bakalavriat kurslarini ishlab chiqish" mavzusidagi seminar-treningda istiqboldagi vazifalar, to’qimachilik sanoatidagi yangiliklar muhokama etildi.Bugungi kunda to'qimachilik sohasida kadrlar tayyorlashda dual ta'lim tizimining ahamiyati har tomondan ortib borayotgani va bu tizim Namangan to'qimachilik sanoati institutida samarali natijalar ko'rsatayotgani xususidagi fikrlar bildirildi. Ma’lumot o’rnida, seminarning ikkinchi kuni ishlab chiqarish korxonalarida o’tishi rejalashtirilgan.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Qabul kvotasi va kirish ballari
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|---|---|---|
Dizayn: to‘qimachilik va yengil sanoat dizayni | 0 / 0 | - | - |
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) | 0 / 0 | - | - |
Texnologik mashinalar va jihozlar: to‘qimachilik mashinalari muhandisligi | 0 / 0 | - | - |
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari: to‘qimachilik muhandisligi | 0 / 0 | - | - |
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas