Grant
BA (Hons) Davlat va jamiyat boshqaruvi
OXUS UNIVERSITETI
Xususiy universitet
Toshkent shahri
Qabul muddati
12 Iyul 2024 - 15 Oktabr 2024
OTM litsenziyasi
Universitet haqida :
Oxus universiteti oliy taʼlim sohasida oʻz faoliyatini nisbatan yaqinda boshlagan nodavlat taʼlim muassasasi hisoblanadi. Universitet 2023-yil 31-oktabrda 153214-sonli litsenziyaga ega bo‘lgach, talabalar uchun o‘z eshiklarini ochib, sifatli va talabga javob beradigan ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Universitet 4 ta fakultet, 7 ta ta’lim dasturlarini taqdim etadi.
Universiteting bakalavriat ta'lim dasturlari :
1. Huquq va davlat boshqaruv fakulteti:
- Davlat va jamiyat boshqaruvi yo’nalishi.
2. Iqtisodiyot va biznes fakulteti:
- Raqamli marketing va menejment;
- Iqtisodiyot va biznes tahlil;
- Buxgalteriya hisobi va moliya;
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponshunoslik).
3. Fan va texnologiya fakulteti:
- Kompyuter ilmlari.
4. Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti:
- Ingliz tili va uni xorijiy til sifatida o'qitish;
Universitet professor-o‘qituvchilari yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish, malaka oshirish, innovatsion va ilmiy texnologiyalarni joriy etish va tatbiq etish, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish va boshqa ko‘plab ishlarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Qabul kvotasi 2024 - 2025 uchun: Umumiy 4 ta fakultet uchun 1 000 ta.
Fakultetlar kesimida:
1. Huquq va davlat boshqaruv fakulteti: 200 ta
2. Iqtisodiyot va biznes fakulteti: 400 ta
3. Fan va texnologiya fakulteti: 200 ta
4. Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti: 200 ta
Grant 2024-2025-yil qabul uchun: umumiy 4 ta fakultet uchun 90 ta.
Kirish ballari: Barcha ta’lim dasturlari uchun IELTS (4.5 yoki ekvivalent) yoki Oxus universiteti kirish imtihonlaridan eng kamida 60% (54 / 90 ball) natija ko‘rsatilishi kerak. “Huquq va davlat boshqaruv” va “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” fakultetlari uchun quyidagi fanlardan imtihon topshiriladi: tarix, IQ, ingliz tili. “Iqtisodiyot va biznes” va “Fan va texnologiya” fakultetlari uchun quyidagi fanlardan imtihon topshiriladi: matematika, IQ, ingliz tili.
Stipendiya: Hozircha mavjud emas.
Xalqaro ta'lim dasturlar:
Oxus universiteti quyidagi xalqaro universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mavjud:
-UCSI University (Kuala Lumpur, Malaysia;
-University Sains Malaysia (Pulau Pinang, Malaysia);
-Universiti Sultan Zainal Abidin (Kuala Terengganu, Malaysia) ;
- Sunway University (Selangor, Malaysia) ;
- University Putra Malaysia (UPM) (Selangor, Malaysia);
- Nazarbayev University (Astana, Kazakhstan);
- University of Wyoming (USA);
- Norwich Institute of Language Education (NILE) (Norwich,United Kingdom;
- International House London (IH) (London,United Kingdom).
Afzalliklar:
- Sifatli ta’lim berish uchun dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik;
- Tanlangan sohaning nafaqat nazariy, balki amaliy jihatlarini ham o'rgatish;
- Ko'plab darsdan tashqari va madaniy tadbirlar;
- Turli sohalarda amaliyot o'tash imkoniyatlari.
Grantlar :
Oxus universiteti talabalarga o‘z yutuqlari va salohiyatidan kelib chiqib oliy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishligi uchun keng ko‘lamli grantlar taklif etadi. Oxus Universitetida barcha dasturlar bo‘yicha 90 ta grant mavjud. Grantlar shartli ravishda 4 yilga beriladi. Universitet grant taqdim etishda quyidagilarga e’tibor beradi:
- Yuqori akademik salohiyat;
- Doimiy yashash hududining uzoqligi;
- Oilaviy sharoit va moliyaviy holati;
- Abituriyentning sog‘ligi.
Bizning grant dasturimiz ta’limni to’liq va qisman moliyalashtirgan holda, nomzodlarga 100%, 75% va 50% grant variantlarini oʻz ichiga oladi.
Grantlarni saqlab qolish talablari quyidagilardan iborat:
- Akademik salohiyat: har semestrdagi reyting baho (GPA) 3.0 dan past bo‘lmaslik;
- Shartnoma shartlarini to‘liq bajarish: haftada kamida 10 soat volontyorlik qilish;
- Universitet ichki tartib qoidalari va odob-axloq nizomlariga rioya qilish.
Grant
OXUS UNIVERSITETI
Grant
OXUS UNIVERSITETI
Grant
Grant
OXUS UNIVERSITETI
Grant
OXUS UNIVERSITETI
Grant
OXUS UNIVERSITETI
Grant
OXUS UNIVERSITETI
Fikrlar
Fikrlar mavjud emas