Mentalaba - Universitet haqida
O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti logo

O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti

Davlat universiteti

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti haqida:

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi(bakalavriat va magistratura) bо‘yicha davlat namunasidagi diplom beradigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir. Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilning 4 iyundagi # 1771 sonli qaroriga asosan Toshkent davlat madaniyat instituti va О‘zbekiston davlat san’at instituti negizida tashkil etilgan.

Institut madaniyat va san’at sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ma’lim muassasasi hisoblanadi. О‘quv yurtida ta’lim berish jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Institutning 4 fakulteti va 21 kafedrasida talabalar ta’limning 20 ta yо‘nalishi va 15 ixtisosligi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida tahsil oladilar. Institut aktyorlik mahorati va rejissura, san’atshunoslik va teatrshunoslik, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati, xalq ijodiyoti, madaniyat va san’at muassasalarini boshqaruv kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi.


Hujjatlar Qabuli 2023-2024 20 iyundan - 20 iyulgacha davom etadi.


Talabalr turar joyi (yotoqxona):

Institut hududida 2 ta TTJ mavjud bo’lib, ularning sig‘imi 678 ta talabani joylashtirishga mo‘ljallangan.

1-TTJda 378 ta talaba istiqomat qilib kelmoqda. Shulardan 268 ta o‘g‘il bolalar va 119 ta qiz bolalar hisoblanadi.

2-TTJda jami 293 ta qiz bolalar istiqomat qiladi.

Har bir talaba uchun bir oylik yotoqxona to‘lov miqdori – 202500 so‘mni tashkil etadi.

1-2 TTJda ham talabalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, institutimiz rektori I.Yuldashev tashabbuslari bilan yotoqhonaning moddiy, tehnik bazasi 2022-yilning yanvar oyida qaytadan yangilanib, rekonstruksiya qilindi. Har bir xona uchun yangi shkaf va tumbalar, kitob javonlari, 1 va 2 qavatli zamonaviy krovatlar, idish uchun javonlar, oyoq kiyim qo‘yishga mo‘ljallangan jihozlar, matraslar, gilamlar, yangi choyshab va yostiq jildlari, ko‘rpalar bilan ta’minlandi.

Institutdagi TTJlarning har bir qavatida 2 donadan muzlatkich, kir yuvish honasi va kir yuvish mashinalari, dazmol va dazmol qilish uskunasi, kir uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan ta’minlangan.

Shuningdek institut yotoqxonalarida Ma’naviyat xonasi, kutubxonalar, tashabbus xonalari mavjud bo‘lib, bu xonalar maxsus yumshoq mebellar, shkaf, kitob javonlari va kitoblar, televizor hamda stol-stullar bilan jixozlangan.

Talabalarning yotoqxonadagi hayotini nazorat qiluvchi 2 nafar tarbiyachi-pedagoglar faoliyat olib boradi. Shu bilan birga TTJlarga kirish postlarida doimiy nazoratchilar va navbatchilar nazoratda turishadi. Talabalarning yotoqhonalarga kirib chiqishlari uchun guvohnomalar joriy etilgan. Har bir TTJ yo‘laklari kameralar bilan muntazam kuzatib boriladi.

Institutimiz TTJlarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida turli tanlov va musobaqalar muntazam o‘zkazib boriladi. Har bir talabamiz yotoqxonada farovon va hotirjam yashab kelmoqda

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Aktyorlik san‘ati: dramatik teatr va kino aktyorligi10 / 15114.862.8
Aktyorlik san‘ati: estrada aktyorligi1 / 19173.6113.1
Aktyorlik san‘ati: musiqali teatr aktyorligi2 / 18174.4140.4
Aktyorlik san‘ati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi3 / 22175.491
Grim san‘ati2 / 8114.391
Kino-teleoperatorlik5 / 20133.157.1
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)5 / 2073.961.2
Madaniyat va san‘at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish5 / 2082.157.6
Menejment: madaniyat va san‘at sohasi menejmenti5 / 2082.157.6
Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti7 / 2872.856.8
Professional ta‘lim: xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)3 / 12136.7101.6
Professional ta‘lim: xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)1 / 4177.1143.1
Qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi5 / 2069.363.1
Rejissorlik (musiqali teatr rejissorligi)1 / 14157.468.3
Rejissorlik: estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi1 / 9170.3147.6
Rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi1 / 9153.178.1
Rejissorlik: qo‘g‘irchoq teatri rejissorligi1 / 9128.662.1
San‘at sohasida prodyuserlik3 / 1292.169.4
San‘atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash5 / 20134.461.8
San‘atshunoslik: kino san‘ati tanqidi va tahlili2 / 10139.272
San‘atshunoslik: sahna va ekran san‘ati dramaturgiyasi2 / 10112.265.5
San‘atshunoslik: teatrshunoslik1 / 5145.374.4
Texnogen san‘at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi5 / 5131.7107.9
Xalq ijodiyoti: ashula va raqs3 / 32165.3127.9
Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya2 / 1315687.6
Kutubxona-axborot faoliyati: kutubxonachilik va bibliografiya0 / 0--
Professional taʼlim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi)0 / 0--

Aloqa

  • call
  • О‘zbekiston Respublikasi Toshkent sh. Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'och dahasi 127 "A" uy

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas