Mentalaba - Universitet haqida batafsil
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali logo

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

Davlat universiteti

Farg'ona viloyati

calendar

Qabul muddati

5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali haqida :

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2017 yil 16 avgustda milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Filialimizda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan San’at arbobi, fahriy professori Karim Yo’ldoshev, O’zbekiston Respublikasi Xalq artisti, filialning fahriy professori Shafoatxon Rahmatullaeva, O’zbekiston Respublikasi Xalq artisti va Qirg’iziston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, filialning fahriy professori Yorqinoy Hatamova, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, filialning fahriy professori Jo’raxon Po’latov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, filialning fahriy professori Xursanoy Umarova, O’zbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi, O’zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi, filialning fahriy professori Rafiqjon Ahmedovlar talabalarga saboq berib kelmoqdalar.


Qabul qilinish tartibi :

San’at yo'nalishidagi Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish mumkin.

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.


SUHBAT (IJODIY) JARAYONDA BAHOLASH MEZONLARI :

Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha: Monolog, qo‘shiq (ariya, an’anaviy, mumtoz ashula va qo‘shiq), masal, she’r, g‘azal, raqs, kuzatuvlar (hayvonot olamini kuzatishlar asosida), yakka etyud. Bundan tashqari, abituriyent qiziqqan sohasi yoki janri bo‘yicha o‘zining tayyorlab kelgan mustaqil nomerini ham namoyish etish mumkin, masalan: plastika, pantomima, buyumlar jonlanishi, parodiya (taqlid san’ati), musiqa san’ati, estrada yoki sirk janrlari va v.x.k.

Vokal va sahna nutqi fani bo‘yicha: Musiqiy xotirasi va savodxonligi mavjudligi, an’anaviy qo‘shiqchilik ijrosi usullariga egaligi, eshitish qobiliyati rivojlanganligi, musiqali dramalardan ariya ijrosini sifati, ovoz tembri va diapazoni kengligiga e’tibor qaratiladi.

Sahna nutqi fanida – badiiy so‘z ijrochiligi mahoratini (she’r, g‘azal, monolog va nasriy – hajviy asar) namoyish etishi, talaffuz tozaligi, ravon, burro, aniq nutq bo‘lishi, biron bir materialni jarangdor va sog‘lom ovoz bilan namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishi, nutqiy eshitish qobiliyati mavjudligi,nutqiy ifodaviylik va ta’sirchanlikka ega bo‘lishi, badiiy va she’riy asarlarda tasavvur mavjud bo‘lishiga qaratiladi. Ijodiy imtihonlar aktyorlik mahorati, vokal va sahna nutqi fanlaridan yagona ijodiy imtihon oluvchi ijodiy imtihon komissiyasi tuziladi. Komissiya tomonidan aktyorlik mahorati, vokal va sahna nutqi fanlari talablari asosida abituriyentning qobiliyatlari tekshiriladi va baholanadi.


Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish : 

Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar o‘qishga faqat to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to‘lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o‘qish uchun to‘lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to‘lov kunida belgilangan kurs asosida milliy valyutada amalga oshiradilar. 


Grantlar :

Institutda davlat grantlari mavjud. Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Institut stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Institut yotoqxonasi : Institutda yotoqxona mavjud.



Xalqaro hamkorlik :

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talablarni malaka va tajribasini oshirish maqsadida duyoning yetakchi davlatlari bilan xalqaro aloqalar o'rnatgan va shartnomalar imzolagan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan xorijiy oliy ta’lim muassasalar:

Qozog’iston

T.K.Jurgenov nomidagi Qozog’iston san’at milliy akademiyasi 

Kurmangazi nomidagi Qozog’iston milliy konservatoriyasi 

Qozog’iston milliy xoreografiya akademiyasi 

Belarus

Belarus davlat san’at akademiyasi 

Belarus davlat madaniyat va san’at universiteti 

Rossiya

Volgograd davlat san’at va madaniyat instituti 

Oryol davlat madaniyat instituti 

P.A.Serebryakov nomidagi Volgograd konservatoriyasi 

Chelyabinsk davlat san’at va madaniyat instituti 

Qozon davlat san’at va madaniyat instituti

Zagir Ismagilov nomidagi Ufa davlat san’at instituti

Ukraina

I.K.Karpenko-Karogo nomidagi Kiyev teatr, kino va televideniye milliy universiteti

Armaniston

Komitas nomidagi Yerevan davlat konservatoriyasi 

Gruziya

Ilia davlat universiteti 

Vano Sarajishvilli nomidagi Tbilisi davlat konservatoriyasi 

Turkiya

Ataturk universiteti

Ta'lim yo'nalishlari

univer image

Grant

Aktyorlik san‘ati: dramatik teatr va kino aktyorligi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 985 830 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Aktyorlik san‘ati: musiqali teatr aktyorligi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 985 830 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Aktyorlik san‘ati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 985 830 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ)

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Sirtqi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 985 830 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi / Sirtqi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 306 500 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Professional ta‘lim: xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

12 627 170 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 306 500 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Vokal san‘ati: an‘anaviy xonandalik

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 985 830 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Xalq ijodiyoti: ashula va raqs

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 985 830 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Xoreografiya (turlari bo‘yicha)

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 985 830 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Kutubxona-axborot faoliyati: kutubxonachilik va bibliografiya

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi / Sirtqi
dollar

Kontrakt to'lovi

7 091 610 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Professional taʼlim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi)

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi / Sirtqi
dollar

Kontrakt to'lovi

6 412 610 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Rejissorlik: dramatik teatr rejissorligi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

7 771 270 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Rejissorlik: qo‘g‘irchoq teatri rejissorligi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

7 771 270 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Xalq ijodiyoti: askiya sanʼati

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

7 771 270 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

7 771 270 so'mdan boshlab

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Aktyorlik san‘ati: dramatik teatr va kino aktyorligi5 / 10153.5135.7
Aktyorlik san‘ati: musiqali teatr aktyorligi5 / 10111.267.6
Aktyorlik san‘ati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi5 / 10117.275.3
Cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ)0 / 15-104.8
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)0 / 30-69.7
Professional ta‘lim: xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)10 / 15116.789.1
Qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi4 / 6-58.1
Vokal san‘ati: an‘anaviy xonandalik10 / 15114.862.8
Xalq ijodiyoti: ashula va raqs7 / 8102.6-
Xoreografiya (turlari bo‘yicha)8 / 17146.578.7
Kutubxona-axborot faoliyati: kutubxonachilik va bibliografiya0 / 50-70.7
Professional taʼlim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi)0 / 25-61.7
Rejissorlik: dramatik teatr rejissorligi2 / 414273.2
Rejissorlik: qo‘g‘irchoq teatri rejissorligi2 / 4160.499.9
Xalq ijodiyoti: askiya sanʼati2 / 4156.5-
Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya3 / 6108.1101

Galereya

Aloqa

  • call
  • О‘zbekiston Respublikasi Toshkent sh. Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'och dahasi 127 "A" uy

Ijtimoiy tarmoqlar

imageimageimage

Fikrlar

im

Fikrlar mavjud emas