Mentalaba - Universitet haqida batafsil
O'zbekiston ichki ishlar vazirligi akademiyasi logo

O'zbekiston ichki ishlar vazirligi akademiyasi

Davlat universiteti

Toshkent shahri

calendar

Qabul muddati

5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

1932-yil Toshkentda o‘rta maxsus militsiya maktabi tashkil etildi.

1958-yil RSFSR Jamoat tartibini saqlash vazirligiga qarashli Moskva oliy maktabi Sirtqi ta’lim fakultetining Toshkent bo‘limi faoliyat boshladi.

1964-yil sirtqi bo‘lim fakultet maqomini olib, unda uchta kafedra (maxsus, yuridik va ijtimoiy fanlar) hamda kechki bo‘lim tashkil etildi.

1967-yil fakultet negizida sobiq ittifoq Jamoat tartibini saqlash vazirligining Toshkent oliy militsiya maktabi tashkil etildi.

1991-yil 25-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ichki ishlar vazirligi tashkil etilib, Toshkent o‘rta maxsus hamda oliy militsiya maktablari vazirlik tasarrufiga o‘tkazildi.

1994-yil Toshkent o‘rta maxsus militsiya maktabi va Toshkent oliy militsiya maktabi birlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil qilindi. Akademiyaga Jangovar bayroq topshirildi.

2004-yil o‘quv dargohida Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari hamda Oliy akademik kurslar tashkil etildi.

2017-yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga tashrif buyurdi. Ta’lim muassasasining taraqqiyot davrini boshlab bergan tarixiy tashrif chog‘ida Akademiyaning nufuzi va maqomini yuksaltirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

2017-yil 16-avgustda Prezidentning “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida kadrlar tayyorlashning bir pog‘onali tizimi dasturi bo‘yicha olinadigan oliy ma’lumot magistr darajasiga tenglashtirildi. Kunduzgi ta’limda...

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari

Galereya

Aloqa

  • call
  • O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Intizor ko‘chasi, 68-uy

Fikrlar

im

Fikrlar mavjud emas