Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Samarqand davlat universiteti logo

Samarqand davlat universiteti

Davlat universiteti

Samarqand viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Samarqand davlat universiteti ga 2023-2024 qabul)

Samarqand davlat universitetiga onlayn hujjat topshirish 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Universitetga hujjatlar "bilim va malakalarni baholash agentligi" tomonidan onlayn ravishda topshiriladi.


Samarqand Davlat Universiteti tarixi:

Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonda, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashxur qadimiy va mumtoz oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim muassasamizning rasman tashkil topishi 1927 yil bilan belgilansada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi ilm-fan va ta’lim, san’at va madaniyat durdonalari, arxitektura-qurilish inshootlari bilan jahonga mashhur bo’lgan Temuriylar davri, xususan, Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liq.

Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk avlodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirgan va jahon tamadduni tamal toshlari qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz. Ana shunday oliy ta’lim muassasalaridan biri - Samarqand davlat universiteta o’zining uzoq yillik faoliyati davrida O’zbekistonimiz xalq xo’jaligiga minglab mutaxassislar va oliy malakali kadrlar tayyorlab berdi.


Yotoqxona:

Hozirda universitetda 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 1116 o‘rinni tashkil etadi. 4-sonli talabalar turar joyi 522 o‘ringa mo‘ljallangan, 5-sonli talabalar turar joyi 394 o‘ringa mo‘ljallangan. Universitetning 4-son talabalar turar joyi hozirda rekonstruksiya qilinmoqda, 5-son talabalar turar joyi 2017-yilda, 6-sonli talabalar turar joyi 2019-yilda foydalanishga topshirilgan. Talabalar soni 12021 nafar. Shulardan universitet talabalarining 14 foizi talabalar turar joyi bilan ta’minlangan. Bu yil talabalar turar joyining oylik to‘lovi 115 500 (bir yuz besh ming besh yuz) so‘mni tashkil etadi.


Grantlar:

 2023-2024 o‘quv yilida Malayziyaning 20 ta davlat va 4 ta xususiy universitetlaridan birida Malayziya xalqaro stipendiyasi (MIS) 2023 dasturi bo‘yicha magistratura va doktoranturada tahsil olishni xohlovchilar uchun grantlar e’lon qilindi.

 Ushbu dastur taxminan 350 dollarlik stipendiyani o'z ichiga oladi.


Qo'shma dasturlar:

Hozirgi kunda Samarqand Davlat universiteti Rossiya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, Ispaniya, Turkiya, Islandiya kabi Davlatlarning universitetlari bilan 70 ga yaqin ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzoladi va shartnoma doirasida qo’plab xorijiy professor-o’qituvchilar, mutaxassislar va olimlar universitetga jalb qilinmoqda.


Xorijiy va nodavlat oliygohlaridan o'qishni ko'chirish "Perevod"

"Perevod" uchun qabul jarayoni boshlanish sanasi 15 - iyul va tugash sanasi 5 - avgust (shu kun ham).

Hujjatlar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 

Saytga yuklanadigan hujjatlar:

- Passport nusxasi

- Transkript (reyting daftarchasi yoki akademik ma'lumotnoma)

To'lov summasi 165 000 so'm

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Agrobiznes va investitsion faoliyat0 / 25-69.4
Amaliy matematika0 / 25-82.1
Arxeologiya10 / 15131102.9
Bank ishi va auditi5 / 15144.994.1
Biologiya (turlari bo‘yicha)0 / 25-117.3
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)15 / 35121.5107.8
Dasturiy injiniring5 / 1575.860.8
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)15 / 3075.965.2
Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)5 / 15160.7128.3
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili0 / 25-114.3
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili0 / 25-100.1
Filologiya va tillarni o‘qitish: tojik tili0 / 25-63
Fizika0 / 25-62.8
Geografiya0 / 25-71.9
Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha)10 / 1587.466.3
Gidrometeorologiya5 / 15114.391.3
Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash6 / 15103.687.4
Inson resurslarini boshqarish5 / 1595.767.3
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)0 / 25-81.2
Kimyo (turlari bo‘yicha)0 / 25-64
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)15 / 3576.563.3
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)25 / 25107.983.1
Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)10 / 15106.682.1
Matematika0 / 25-76.7
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)10 / 1570.460.3
Noshirlik ishi5 / 15133.4113
Psixologiya: amaliy psixologiya10 / 1586.477
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)0 / 25-75.8
Sotsiologiya10 / 2076.164.5
Sun‘iy intellekt10 / 159773.9
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)6 / 20173.1148.8
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)0 / 25-151
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik50 / 5079.968.9
Dizayn: landshaft dizayni5 / 20122.764.5
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)5 / 2079.860.9
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili10 / 25173153.8
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish10 / 1589.271.6
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik15 / 3574.558.2
O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)1 / 0--
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish4 / 2099.560
O‘simliklar karantini va himoyasi20 / 3076.864.1
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)20 / 3071.358.2
Tibbiyot fizikasi15 / 158167.7

Aloqa

  • call
  • Universitet xiyoboni, 15-uy

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas