Mentalaba - Universitet haqida
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti logo

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti

Xususiy universitet

Toshkent shahri

5.0

(10 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU) — zamonaviy ta’lim va real amaliyotni birlashtirgan innovatsion oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.


TAFUning asosiy maqsadi — talabalarni nafaqat diplomli mutaxassis, balki mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida shakllantirishdir. Shu sababli universitetda ta’lim jarayoni faqat nazariya bilan cheklanmaydi: talabalar haftasiga 1–2 kun o‘z yo‘nalishiga mos kompaniya va tashkilotlarda amaliyot o‘taydi. Bu esa ularga o‘qish davridayoq tajriba orttirish va kelajakdagi faoliyatiga mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi.


Shuningdek, universitet Malayziyaning Lincoln University bilan almashinuv dasturini amalga oshirmoqda. Germaniya, Estoniya, Janubiy Koreya, Polsha va Latviya kabi davlatlardagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.


Universitetda zamonaviy ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. TAFU talabalari uchun grant dasturlari, Chegirma va imtiyozlar mavjud.

Grantlar

TAFUda “Rektor granti” mavjud bo‘lib, har yili 100% va 50% miqdorida kontraktni qoplaydi. Bu grantlarni talaba 2-kursdan boshlab o‘zlashtirgan baholari, faolligi va intiluvchanligiga qarab qo’lga kiritishlari mumkin.


2025-2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarga 25% gacha chegirmalar taqdim etilmoqda:

  • 15% chegirma – Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun
  • 10% chegirma – O‘quv yili to‘lovi to‘liq amalga oshirilganda
  • 10% chegirma – Bitta oiladan bir nechta talaba o‘qisa
  • 10% chegirma – Joriy yil maktab/litsey/kollej bitiruvchilari uchun

Chegirmalar qo‘shilmaydi, faqat 15% + 10% kombinatsiyasi holatida 25%gacha chegirma olinadi.

Shartnoma to‘lovini 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy
imageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas