Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti logo

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Davlat universiteti

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) haqida:

1955-yil 28-iyun Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti o‘z faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa vazirining 487-son buyrug‘I bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N.B.Matskevitch. 2002 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti (TEAI) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) O`zbekiston Respublikasida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi texnika universiteti hisoblanadi. "Toshkent elektrotexnika aloqa instituti" Respublika Aloqa vazirligining tarmoq instituti hisoblanib, Markaziy Osiyo va Qozog`iston uchun elektraloqa va radioaloqa bo`yicha muhandislarni tayyorlagan. Bugun TATU - bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, ta'lim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog`i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo`yicha yuqori mavqega ega bo`lgan universitetdir. Keyingi yillarda universitetda yaxshi an'analar soni ko`payib bormoqda, bakalavriatura ta'limining yangi yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda, moddiy-texnik baza yaxshilanmoqda, yangi korpuslar qurilmoqda.


Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.



Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.


Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.


Xalqaro hamkorlik :

Yevropa va Osiyodagi yetakchi OTM lar bilan xalqaro hamkorlik o`rnatilmoqda. So`nggi yillarda TATU da Koreya Respublikasi va Hindiston bilan, NEC(Yaponiya) firmasi, CISCO(AQSh), HUAWEI (Xitoy), ACETECH (Buyuk Britaniya) zamonaviy o`quv markazlari ochilgan. Mazkur markazlar hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda, universitetda o`qish jarayonida talabalar parallel ravishda bu markazlar zamonaviy texnikalari asosida o`z tayanch bilim(tayyorgarlik)larini boyitib bormoqdalar. Universitet eshiklari hamkorlik uchun doimo ochiq, talabalar, hamkasblar hamda do`stlarimizni ko`rishdan g`oyat baxtiyormiz.


Universitet tomonidan almashinuv dasturlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, quyidagi dasturlarni o'z ichiga oladi:

INHA talabalar almashuv dasturi 

Yeungnam talaba almashuv dasturi 

Hanyang MS/PhD grant dasturi 

Soongsil talaba almashuv dastur 

Jeju Universiteti Magistratura dastur 

Shinhan Universiteti Magistratura dasturi

Seoul National University MS&PhD dasturi 

University of Science and Technology Magistratura dasturi 

Chongqing University of Posts and Telecommunications almashuv dastur 


Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)0 / 25-70.3
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment0 / 35-84.4
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta‘limi15 / 35109.377.9
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)6 / 976.668.5
Elektron tijorat 0 / 35-78.8
Infokommunikatsiya injiniringi6 / 1988.567.3
Kiberxavfsizlik injiniringi0 / 25-73.8
"Kompyuter injiniringi (""Kompyuter injiniringi"", ""AT-servis"", ""Axborot xavfsizligi"", ""Multimedia texnologiyalari"")"0 / 0--
"Kompyuter injiniringi (""Kompyuter injiniringi"", ""AT-servis"", ""Multimedia texnologiyalari"")"0 / 0--
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)0 / 25-56.8
Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)10 / 1584.659.6
Mexatronika va robototexnika6 / 1988.958
Pochta aloqasi texnologiyasi5 / 118366.4
Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)6 / 969.558
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)0 / 35-96.9
Sun‘iy intellekt7 / 28161.7103.9
"Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, ""Teleradioeshittirish"", ""Mobil tizimlar"")"0 / 45-69.2
Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”)0 / 15-67.8
“Elektron hukumat” tizimini boshqarish8 / 0--
Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar4 / 0--
Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari)4 / 0--
Elektron kutubxona va arxivlar6 / 0--
Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari4 / 0--
Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari8 / 0--
Internet ashyolari4 / 0--
Kompyuter grafikasi va dizayn1 / 0--
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)4 / 0--
Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”)40 / 0--
Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”) 4 / 0--
Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha)5 / 0--
Ma’lumotlar ilmi (Data Science)4 / 0--
Maxsus yoritish texnologiyalari4 / 0--
Mobil aloqa tizimlari 14 / 0--
Multiplikatsion filmlar texnologiyalari4 / 0--
Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi6 / 0--
Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi 4 / 0--
Raqamli iqtisodiyot 1 / 0--
Sun’iy intellekt 4 / 0--
Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari 4 / 0--
Telekommunikatsiya injiniringi (“Axborot uzatish tizimlari”, Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Teleradioeshittirish”)30 / 0--
Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi4 / 0--
Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti8 / 0--
Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha)8 / 0--
Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar 4 / 0--
Tibbiyotda kompyuter tizimlari 4 / 0--
Videotexnologiyalar10 / 0--
Elektr aloqa injiniringi8 / 1768.356.8
Kompyuter injiniringi: “kompyuter injiniringi”0 / 25-61.1
Kompyuter injiniringi: at-servis0 / 25-58.7
Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari0 / 25-56.9
Logistika injiniringi3 / 22151.2120.4
Pochta aloqa texnologiyasi5 / 2068.560.1
Telekommunikatsiya texnologiyalari: “telekommunikatsiyalar”0 / 25-66.4
Telekommunikatsiya texnologiyalari: mobil tizimlar0 / 25-65.7
Telekommunikatsiya texnologiyalari: teleradioeshittirish0 / 25-58
Televizion texnologiyalar: audiovizual texnologiyalar0 / 25-58.9
Televizion texnologiyalar: telestudiya tizimlari va ilovalari0 / 25-61

Aloqa

  • call
  • Toshkent 100084, Amir Temur shox ko‘chasi 108 uy
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas