Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali logo

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

Davlat universiteti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Universitet haqida:

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Nukus filiali O'zbekiston Respublikasi Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan filialdir. Universitetning Nukus filiali 2005-yilda tashkil etilgan. Ushbu yilda, Nukus filiali Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining bir qismi sifatida o'z faoliyatini boshlagan.


Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.


Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.


Xalqaro hamkorlik :

Universitet tomonidan almashinuv dasturlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, quyidagi dasturlarni o'z ichiga oladi:

INHA talabalar almashuv dasturi 

Yeungnam talaba almashuv dasturi 

Hanyang MS/PhD grant dasturi 

Soongsil talaba almashuv dastur 

Jeju Universiteti Magistratura dastur 

Shinhan Universiteti Magistratura dasturi

Seoul National University MS&PhD dasturi 

University of Science and Technology Magistratura dasturi 

Chongqing University of Posts and Telecommunications almashuv dastur 

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)2 / 498.965.5
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta‘limi3 / 8123.981.1
Dasturiy injiniring0 / 30-58.6
"Kompyuter injiniringi (""Kompyuter injiniringi"", ""AT-servis"", ""Axborot xavfsizligi"", ""Multimedia texnologiyalari"")"0 / 25-71.3
Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”3 / 9108.365.2
Kompyuter injiniringi: AT-Servis0 / 25-58.9
Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari2 / 691.563.3
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)5 / 7122.781.4
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)2 / 498.369.4
"Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, ""Teleradioeshittirish"", ""Mobil tizimlar"")"0 / 0--
Elektron tijorat2 / 8115.974.4
Kiberxavfsizlik injiniringi4 / 12127.667.6
Sunʼiy intellekt0 / 0--

Aloqa

  • call
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Do‘snazarov ko‘chasi, 74- uy
imageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas