Mentalaba - Universitet haqida
Toshkent davlat pedagogika universiteti logo

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Davlat universiteti

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) to'g'risida:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bo‘lib, o‘z boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berib kelishmoqda. O‘quv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o‘quv-sog‘lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o‘qituvchilar ixtiyorida. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bo‘lib, o‘z boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega.  Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berib kelishmoqda. O‘quv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o‘quv-sog‘lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o‘qituvchilar ixtiyorida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish tug‘risida"gi qaroriga muvofiq institutga Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti maqomi berilgan. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy Oliy ta`lim muassasasi deb belgilandi. Bu esa universitet o‘qituvchilarining zimmasiga yanada ulkan ma`suliyat yukladi.


Toshkent davlat pedagogika universitetiga (TDPU) qabul :

Bakalavr:

- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.

- Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.*


Magistratura:

- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

- Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.


Xorijiy hamkorliklar: Toshkent davlat pedagogika universiteti 70 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassalari bilan shartnoma imzolagan. So'nggi yillarda Germaniya, Latviya, Ispaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Misr, Rossiya, Qozog'iston va Turkmaniston kabi etakchi Evropa va Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatilgan.


Qo'shma fakultetlar:

Toshkent davlat pedagogika universiteti Belarus davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi "innovatsion pedagogika" O'zbekiston-Belarus qo'shma fakultetida mutaxassisliklar bo'yicha o'qishga taklif etadi:

Defektologiya (Nutq Terapiyasi);

Psixologiya (amaliy psixologiya)

Maktabgacha ta'lim.

Boshlang'ich ta'lim

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Biologiya0 / 25-70.8
Boshlang‘ich ta‘lim10 / 45167.9133.5
Chaqiriqqacha harbiy ta‘lim10 / 65103.968.5
Fizika va astronomiya0 / 50-60.1
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari0 / 50-68.3
Jismoniy madaniyat0 / 25-137.2
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)5 / 10123.295.6
Kimyo0 / 50-61.1
Maktab menejmenti10 / 40131.581.2
Maktabgacha ta‘lim25 / 125130.899.5
Maktabgacha ta‘lim psixologiyasi va pedagogikasi10 / 40131.598.8
Matematika va informatika0 / 25-67.5
Maxsus pedagogika : logopediya0 / 25-76.9
Maxsus pedagogika : oligofrenopedagogika0 / 25-83
Maxsus pedagogika : supdopedagogika0 / 50-80.4
Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi5 / 70178.2151.1
Musiqa ta‘limi7 / 28134.386.4
O‘zbek tili va adabiyoti15 / 55147.1125.8
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)25 / 25139.4124.7
Ona tili va adabiyot: koreys tili va adabiyot5 / 2077.660.7
Ona tili va adabiyot: qozoq tili va adabiyot5 / 20106.874.1
Ona tili va adabiyot: rus tili va adabiyot20 / 55118.490.1
Pedagogika0 / 25-86.1
Professional ta‘lim: axborot tizimlari va texnologiyalari7 / 28134.386.4
Professional ta‘lim: texnologik mashinalar va jihozlar10 / 4097.669.6
Psixologiya: amaliy psixologiya0 / 25-85.4
Tarix0 / 25-67.6
Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi10 / 40166.7133.6
Texnologik ta‘lim10 / 4076.963
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (bakalavr)5 / 20156.9147.4
Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili10 / 1579.258.3
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)10 / 0--
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi2 / 4--
Musiqa ta’limi va san’at2 / 4--
Ona tili va adabiyoti:0 / 0--
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti2 / 4--
Pedagogika va psixologiya2 / 4--
Psixologiya (kasbga yo‘naltiruv psixologiyasi)2 / 6--
Ta’lim muassasalarining boshqaruvi4 / 6--
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)4 / 6--
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim)1 / 5--
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)4 / 6--
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)2 / 4--
Ta’limda axborot texnologiyalari6 / 0--
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)1 / 9--
Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati5 / 40110.470
Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (oila aʼzolaridan biri kar va soqov bo‘lgan abituriyentlar uchun)5 / 0122.2-
Ona tili va adabiyot: rus tili va adabiyot (bakalavr)25 / 25115.492.5
Professional taʼlim: yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi)5 / 2074.661.7

Aloqa

  • call
  • Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 27- uy
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas