Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Toshkent davlat yuridik universiteti logo

Toshkent davlat yuridik universiteti

Davlat universiteti

Toshkent shahri

calendar

Qabul muddati

5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) haqida:

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo'yicha O'zbekistonda tayanch oliy o'quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Oliygoh tarixi, davlatimizda milliy huquqshunoslik maktabining rivojlanishi va Xadicha Sulaymonova, Hojiakbar Rahmonqulov, Boris Blinder, Georgiy Sarkisyans, Anvar Agzamxodjayev, Shavkat Urazayev, Shoakbar Shoahmedov, G'afur Abdumajidov, Ikrom Zokirov kabi ko'zga ko'ringan yetuk huquqshunos-olimlar hamda milliy huquqshunosligimizga katta hissa qo'shgan boshqa ko'plab huquqshunoslar nomlari bilan chambarchas bog'liqdir.

1991-yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra Toshkent davlat universitetidan Toshkent davlat yuridik instituti nomi bilan ajralib chiqdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ–1990-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi. Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bakalavr, magistr, doktorant va mustaqil izlanuvchi darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF–5987-son Farmoniga muvofiq TDYU tashkiliy tuzilmasi qayta ko'rib chiqildi va yangi fakultetlar va tarkibiy bo'linmalar tashkil etildi. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida 4 ta fakultet faoliyat yuritmoqda.


Universitet grantlari :

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) universitetida grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant asosida o'qish imkoniyati bor.


Kirish uchun talablar : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Xalqaro hamkorlik :

TDYU Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi (International Association of Universities – IAU), Yuridik maktablar xalqaro assotsiatsiyasi (International Association of Law Schools – IALS), Yevropa huquq fakul`tetlari assotsiatsiyasi (European Law Faculties Association – ELFA) kabi xalqaro tashkilotlarning to'laqonli a'zoligiga qabul qilindi. Hozirgi vaqtda Universitetlar buyuk xartiyasi (Magna charta) va Yevropa oliy ta'lim muassasalari uyushmasi (EURASHE)ga a'zo bo'lish yuzasidan arizalar topshirildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasida quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi (o'quv muddati – 1 yil):

1. Advokatlik faoliyati

2. Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

3. Sport huquqi

4. Davlat boshqaruvi huquqi

5. Biznes huquqi

6. Mehnat huquqi

7. Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti,

8. Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi

Shuningdek, universitet huzurida Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish markazi, profilaktika inspektorlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha universitetning Ixtisoslashtirilgan filiali hamda universitet huzuridagi akademik litseyi faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga, respublikamizning har bir hududida tashkil etilgan Adliya vazirligining yuridik texnikumlari faoliyati universitet tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.


TDYU yotoqxonasi:

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshida 3 ta talabalar yotoqxonasi faoliyat ko'rsatmoqda.

1-talabalar yotoqxonasi Olmazor tumani, talabalar ko'chasi, 192-uyda joylashgan. Bino 1960 yilda qurilgan, 4 qavatdan iborat, sig'imi 292 kishi, umumiy xonalar soni 148, yashash xonalari soni 115.

Hozirda 292 talaba istiqomat qiladi. Ulardan 199 tasi qizlar.

2-talabalar yotoqxonasi Olmazor tumani, talabalar ko'chasi, 192-uyda joylashgan. Bino 1960 yilda qurilgan, 4 qavatdan iborat, sig'imi 297 kishi, umumiy xonalar soni 144, yashash xonalari soni 115.

Hozirda 297 talaba istiqomat qiladi. Ulardan 54 tasi qizlar.

3-talabalar yotoqxonasi binosi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 12-kvartal, 67a-uyda joylashgan. bino 2021-yil dekabr oyidan boshlab universitet talabalari uchun foydalanishga topshirilgan bo'lib, 4 qavatdan iborat bo'lib, sig'imi 548 kishi, xonalarning umumiy soni 178, yashash xonalari soni 137.

Hozirda 529 talaba istiqomat qiladi. Ulardan 58 tasi qizlar.



Ta'lim yo'nalishlari

univer image

Grant

Davlat boshqaruvi

Toshkent davlat yuridik universiteti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

18 522 000 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Toshkent davlat yuridik universiteti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Sirtqi / Masofaviy
dollar

Kontrakt to'lovi

16 023 820 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Yurisprudensiya : biznes huquqi

Toshkent davlat yuridik universiteti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

18 522 000 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat

Toshkent davlat yuridik universiteti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

18 522 000 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat

Toshkent davlat yuridik universiteti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

18 522 000 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi

Toshkent davlat yuridik universiteti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

18 522 000 so'mdan boshlab

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Davlat boshqaruvi1 / 14173.3136.4
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)0 / 100-108.2
Yurisprudensiya : biznes huquqi4 / 96187.9169.1
Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat1 / 49183.5155.2
Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat1 / 49187.9159.8
Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik1 / 49185.9154.7
Advokatlik faoliyati1 / 0--
Biznes huquqi1 / 0--
Davlat boshqaruvi huquqi1 / 0--
Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi1 / 0--
Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti1 / 0--
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati1 / 0--
Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari1 / 0--
Mehnat huquqi1 / 0--
Ommaviy axborot vositalari huquqi1 / 0--
Sport huquqi1 / 0--
Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish1 / 0--
Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi1 / 49186.8153.9

Galereya

Aloqa

  • call
  • O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy

Ijtimoiy tarmoqlar

imageimageimageimage

Fikrlar

im

Fikrlar mavjud emas