Mentalaba - Universitet haqida
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti logo

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti

Xususiy universitet

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 May 2026 - 30 Sentabr 2026

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti haqida:


Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

2022 yil 5 sentyabrdagi 037521-sonli (reestr raqami L-4409374 sonli hujjat raqami asosida tashkil etilgan)

davlat litsenziyasi asosida qonuniy faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda zamonaviy jihozlangan 2 ta o'quv binosi, 1 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib,

5 ta fakultet va 5 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Universitetda kunduzgi va kechki shakllarida jami 9500 nafarga yaqin talaba,

jumladan, 5830 nafari qizlar sifatli ta'lim olmoqda.


lmiy salohiyat 51 foizni tashkil etadi.

Darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909 (2017 yil 20 aprel),

PQ-3151 (2017 yil 27 iyul) va PQ-3775 (2018 yil 5 iyun) sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida,

talabalar 4+2 tizimi asosida umumta’lim maktablarida malakaviy amaliyot o‘taydilar.


Universitet Xitoy, Turkiya va Ozarbayjonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda

talabalar almashuv dasturlarini amalga oshiradi va barcha xarajatlar universitet tomonidan qoplanadi.


Universitet qisqa vaqt ichida xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan

xalqaro memorandumlar imzolashga erishdi.


Universitet tarixi


Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti 2022-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tashkil etilgan. Litsenziya raqami L-4409374.

Universitetda iqtisodiyot, kompyuter injiniring, ona tili va adabiyot, xorijiy til va adabiyot, pedagogika va psixologiya, boshlang'ich ta'lim, maktabgacha ta'lim, tarix, jismoniy madaniyat fakultetlari va ular tarkibida 9 ta yo‘nalish mavjud.


Ilmiy dargohda yangi tadqiqotlarni e’lon qilish imkoniyatlari mavjud. Xususan, "Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti ilmiy-metodik jurnali" OAK ro‘yxatiga kiritilgan. Iqtidorli talabalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uyg’onish” talabalar gazetasi tashkil qilingan.


Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Katta kutubxona va o‘quv zali mavjud. Internet bilan ishlash uchun kompyuterlashtirilgan xonalar mavjud.


Universitet dunyoning 10 ga yaqin rivojlangan davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Rossiya, Turkiya, Qozog’iston, Chexiya, Ozarbayjon bilan samarali faoliyat olib boriladi. Rektor stipendiyasi va grantlar mavjud.

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Metallurgchilar ko'chasi 13-uy.
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas