Grant
Davolash ishi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
15 344 490 so'mdan boshlabDavlat universiteti
Toshkent shahri
Qabul muddati
5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024
OTM litsenziyasi
Institut haqida :
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti 1972 yilda tashkil etilgan va «Pediatriya ishi» yo’nalishi bo’yicha etakchi institut hisoblanadi. 46 yillik faoliyati davomida 29,500 dan ortiq yuqori malakali shifokorlar tayyorlandi. ToshPTI – bu oliy talimning asosiy va kasbiy talim dasturlarini, shuningdek oquv, metodik, ilmiy faoliyatni Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiruvchi davlat oliy ta`lim muassasasi.
ToshPTI asosiy vazifalari:
Yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, mustaqil davlat fuqarosining har tomonlama rivojlangan va sadoqatli shaxsini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik xodimlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyati orqali fanni rivojlantirish, olingan natijalardan o’quv jarayonida foydalanish;
oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
aholi o’rtasida bilimlarni tarqatish, uning ta’lim va madaniy darajasini oshirish.
Institut tarkibida 39 ta bo’lim mavjud.
Professor-o’qituvchilar tarkibiga 516 nafar xodim kiradi, shundan 76 nafari fan doktorlari va professorlar, 201 nafari fan nomzodlari va dotsentlardir.
Institutga talabalarni qabul qilish tartibi :
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Grantlar :
Institutda davlat grantlari mavjud. Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.
Institut stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Xalqaro hamkorlik :
Hozirgi kunga kelib Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi O’zbekiston Respublikasining tibbiyot oliygohlari va klinikalarida ta’lim berish hamda sog’liqni saqlash tizimida xalqaro hamkorlikni tadbiq etish borasida shubhasiz etakchi o’rinni egallab kelmoqdalar. Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xalqaro aloqalari dunyoning nufuzli tibbiyot oliygohlari va klinikalari bilan 40 dan ortiq kelishuvlar asosida rivojlanib kelmoqda. Bugunga kelib Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ko’plab oliy ta’lim muassasalari va klinikalari bilan imzolangan memorandumlar va kelishuvlar asosida hamkorlikni davom ettirib kelmoqda:
Janubiy Koreya:
– Yonsey Universitetining tibbiyot kolledji;
– Katolik Universitetning Sent Vinsent gospitali;
– Seul Milliy Universiteti,
Ispaniya:
– Santyago de Kompostela universiteti.
Rossiya Federatsiyasi:
– Qozon Davlat tibbiyot universiteti;
– Qozon;
– Qozon federal universiteti;
– Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti;
– Ivanov Davlat Tibbiyot Akademiyasi;
– Klinik va eksperimental lenfologiya ilmiy-tadqiqot instituti – «Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali sitologiya va genetika instituti Federal tadqiqot markazi» Federal davlat byudjeti ilmiy muassasasining filiali;
Germaniya:
– Bielefeld shaxar kasalxonasi;
– UZ-TANEONAT loyihasi «SES-Senor» ekspert xizmati.
Turkiya:
– Turkiyadagi tibbiyot fanlari universiteti.
Avstriya:
– Vena Tibbiyot Universitetining otorinolaringologiya, bosh va bo’yin xirurgiyasi klinikasi;
– Vene tibbiyot universiteti;
– «Rudolfstiftung» klinikasi;
– Karl Landsteiner universiteti Davlat klinikasi.
Angliya:
– Lids universitetlari.
Institut yotoqxonasi : Institutda yotoqxona mavjud.
Grant
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
15 344 490 so'mdan boshlabGrant
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
12 627 170 so'mdan boshlabGrant
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
15 344 490 so'mdan boshlabGrant
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ta'lim tili
Ta'lim shakli
Kontrakt to'lovi
15 344 490 so'mdan boshlabGrant
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|---|---|---|
Davolash ishi | 40 / 45 | 156.4 | 137.1 |
Oliy hamshiralik ishi | 6 / 4 | 94.5 | 90.2 |
Pediatriya ishi | 53 / 65 | 135.7 | 125.7 |
Tibbiy-biologik ish | 9 / 12 | 75.5 | 67.3 |
Xalq tabobati | 10 / 20 | 134.1 | 125.6 |
Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi | 4 / 0 | - | - |
Bolalar xirurgiyasi | 1 / 0 | - | - |
Endokrinologiya | 4 / 0 | - | - |
Ftiziatriya | 4 / 0 | - | - |
Morfologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 1 / 0 | - | - |
Neonatologiya | 1 / 0 | - | - |
Nevrologiya | 1 / 0 | - | - |
Neyroxirurgiya | 1 / 0 | - | - |
Pediatriya (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 10 / 0 | - | - |
Psixiatriya | 16 / 0 | - | - |
Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘ligini saqlash (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 1 / 0 | - | - |
Sud-tibbiyot ekspertizasi | 4 / 0 | - | - |
Terapiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 10 / 0 | - | - |
Tibbiy psixologiya | 4 / 0 | - | - |
Tibbiy radiologiya | 4 / 0 | - | - |
Yuqumli kasalliklar (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 8 / 0 | - | - |
Fikrlar
Fikrlar mavjud emas