
Toshkent shahridagi Amity Universiteti
Xalqaro universitet
Toshkent shahri
4.1
(6 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2019 YIL 7 YANVARDAGI PQ-4097-SONLI FARMONI BILAN TASHKIL ETILGAN VA O‘QUV YILI 2019 YILDAN BOSHLANGAN.TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH, BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA bosqichlarida oliy ta’limning turli yo‘nalishlarda, jumladan axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment va turizm bo‘yicha kasbga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarinig taklif etadi.
Toshkent shahridagi Amity universiteti maqtovga loyiq izlanishlar va innovatsiyalar bilan jahon miqyosidagi ta’limni O‘zbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intiladi.
Amity'ning yuqori darajadagi amaliy va sohaga yo‘naltirilgan o'quv dasturlari mintaqaning iste’dodlarga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu o‘z navbatida talabalar uchun katta imkoniyatlar dunyosini ochib beradi. Ta’lim dargohining sanoat sohasidagi ta’limga yo‘naltirilganligi, uni sanoat bilan yaqin hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga undaydi.
Amity'ning yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu dunyo miqyosida sinovdan o‘tgan va eng zamonaviy talablarga javob beruvchi vositalar va infratuzilmadan foydalangan holda zamonaviy yuqori texnologik o‘quv muhitini yaratishga intilishidir.
Toshkent shahridagi Amity Universitetida ayni paytda 1000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilar Amity Universiteti (Hindiston Respublikasi)ning namunaviy diplomi bilan taqdirlanadi, u O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.
Chet elda o'qish dasturi (SAP) Amity'ning ajoyib talabalariga Amityning xorijiy kampuslarida 2 hafta o‘tkazish orqali bebaho global taassurotlarga erishish uchun noyob imkoniyatni taklif etadi. SAP nomi ostida amalga oshiriluvchi akademik o‘quv dasturi haqiqatan ham jahon darajasiga muvofiq va eng yaxshi xalqaro professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladi.
SAP talabalarga xalqaro maydonda o‘zini his etish hamda o‘z shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish platformasini ta’minlash uchun mo'ljallangan. Shuningdek, u xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqa qilish va ularning ekspert rahbarligi ostida maqsadli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.
SAP ning afzalliklari:
• Tajriba orttirish sertifikati
• Buyuk Britaniya/Singapur/AQSh akademik tizimi bilan tanishish
• O‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlash
• Buyuk Britaniya/Singapur/BAA/AQShdagi taniqli diqqatga sazovor joylarga/Universitetlarga va kompaniyalarga tashriflar
• Global miqyosdagi sanoat dinamikasi va tendensiyalari bilan tanishish
• Soha mutaxassislari va yetakchi xorijiy professor-o‘qituvchilar tajriba almashish va ta’lim olish
• Global miqyosda madaniyatlararo yo‘nalishlarni tadqiq etish
• Xorijiy iqtisodiyot va jamiyatlar bilan yaqindan tanishish
• Kreditni ko‘chirish asosida maxsus ishlab chiqilgan dastur, bunda dasturning bir qismi bosh muassasada taqdim etiladi
SAP ning global afzalliklari:
• Eng yaxshi ish o‘rinlari/yuqori maqom, chunki xodimlar global ta’lim olish tajribasini tobora ko‘proq qadrlamoqda
• O‘quv dasturining ko‘p qismini qamrab oladigan eng yaxshi xalqaro professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish
• Yuqori multimillatli kompaniyalarda real hayotiy saboq tasavvurlarga ega bo‘lish uchun sanoatda ishtirok etish
• O‘qishdan keyingi mehnat huquqlari bo‘yicha ko‘mak
• O‘qish davrida yarim stavka asosida ishlash imkoniyati
• Dunyo talabalari bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati
• Amity tomonidan kafolatlangan xavfsiz turar joy
Ushbu dasturlar taklif etiladi:
• Nyu York
• Dubay
• Singapur
• London
• Avstraliya
• Fransiya
• Kanada
Dasturlar: CHET ELDA SEMESTR DASTURLARI
Chet elda semestr dasturi Toshkent shahridagi Amity universitetidagi barcha bakalavr dasturlarining uchinchi semestrida taklif etiladi. Chet elda semestr dasturi Dubay, Singapur, London, Avstraliya, Kanada, Fransiya va boshqa mamlakatlarda, odatda, bir semestr muddatda o‘tkaziladi. SAP sanalari va yo‘nalishlari barcha semestrlarda SAP ko‘rsatmalari bilan birgalikda e’lon qilinadi.
Grantlar
Amity'da, biz iqtidorli talabalarning akademik faoliyatida erishgan mashaqqatli va mukammal natijalarini mukofotlashga ishonch bildiramiz. Amity grantlari talabalarni eng yaxshi natijalarga erishishga undash uchun yo‘lga qo‘yilgan. Grant olish uchun joylar soni cheklangan.
Bizning grantlarimiz haqida
Grantlarimiz har yili beriladi va keyingi yillardagi akademik ko‘rsatkichlariga qarab qayta berilishi mumkin (CGPA'ga asoslangan munosiblik ro‘yxatiga ko‘ra). Talabalar, o‘zlarining intranet portali hisoblanuvchi AMIZONE'ning “Stipendiyalar, mukofotlar va medallar” bo‘limidagi Ko‘rsatmalar bandida mezonlar bilan tanishishlari mumkin.
Biz taqdim etadigan turli xil grantlar ro‘yxati:
Munosiblik grantlari
• Ushbu grantlar qabul paytida beriladi. Ushbu grantlar yilda bir o‘tkaziladi va ularning davomiyligi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ko‘ra baholanadi (CGPA bo‘yicha eng yaxshi 5% talabalar orasida).
Bakalavr dasturlari:
10%'lik grantlar suhbatda o‘zini eng yaxshi namoyon etgan hamda yozma imtihonda eng yaxshi natijaga etishgan talabalarga beriladi.
Magistratura dasturlari:
10%'lik grantlar suhbatda o‘zini eng yaxshi namoyon etgan hamda yozma imtihonda eng yaxshi natijaga etishgan talabalarga beriladi.
Amity bitiruvchilari uchun mukofotlar
• Amity Universitetining bakalavr dasturini tamomlagan talabalarga magistratura dasturlarida tahsil olishlari uchun 20%'lik miqdordagi grant beriladi.
Birodarlik (qarindoshlik) grantlari
• Toshkent shahridagi Amity universitetiga Ikkinchi qarindosh o‘qishga kirsa, o‘sha talabaga 10%'lik miqdordagi grant beriladi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70, 100128, O‘zbekiston
Izohlar

Izohlar mavjud emas








Izohlar
Izohlar mavjud emas