Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali logo

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

Davlat universiteti

Surxondaryo viloyati

calendar

Qabul muddati

5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Universitet haqida :

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 172-sonli Qarori asosida tashkil etilgan.  OTM asosiy o‘quv binolari 1 ta hududda joylashgan, bundan tashqari filialning 30 ga yaqin klinik kafedralari Termiz shahri va unga yaqin bo‘lgan hududda davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalarida joylashgan. Talabalarning tahsil olishi ikki smenada amalga oshiriladi va talabalar sig‘imini to‘liq qamrab oladi. Filial hududida joylashgan 2 ta o‘quv binolar quvvati 950 o‘rinni tashkil qiladi.  2023-2024 o‘quv yilida filialda 4 ta fakultet hamda 19 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 11 tasi klinik (mutaxassislik) kafedralari hisoblanadi. Filialda 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida va 20 ta klinik ordinatura mutaxassisliklarida 3760 nafar talaba mavjud bo‘lib, ulardan kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 3629 nafar talaba va klinik ordinatura mutaxassisliklarida 131 nafar talaba tahsil olmoqda.

2023-2024 o‘quv yili filialda 1-kurslar 5 ta, 2-3-4 kurslarda 3 ta va 5-6 kurslarda 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bor. 2023-2024 o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘qitiladi:

1. Davolash ishi – 60910200

2. Pediatriya ishi -60910300

3. Xalq tabobati – 60911100

4. Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) – 60910100

5. Tibbiy profilaktika ishi – 60910400

 2023-2024 o‘quv yili uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejalar, fan dasturlari (sillabus) asosida filialning 2023-yil 31-avgustdagi 1-son Kengashida ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari (sillabuslar) muhokama qilingan va tasdiqlangan.


Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Qabul talablari :

Abituriyentlar masofadan ro‘yhatdan o‘tish uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy veb sahifasi (my.uzbmb.uz) va Davlat xizmatlari portal orqali qabul qilinadi. Va Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test imtihonlarida yo'nalishlariga mos test sinovlarida qatnashib o'tish ballarini olish talab etiladi.



Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.



Xaqaro hamkorlik :

2021-2022 yilda Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda TTA Termiz filiali bilan “3+3” shaklida qo‘shma ta’lim dasturi shartnomasi imzolandi. Bugungi kunda ushbu qo‘shma ta’lim dasturi doirasida davolash ishi va pediatriya yo‘nalishlari tashkil etildi va ularda 75 nafar talaba tahsil olmoqda.



Ta'lim yo'nalishlari

univer image

Grant

Davolash ishi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Pediatriya ishi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Xalq tabobati

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

9 129 930 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Tibbiy profilaktika ishi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

9 129 930 so'mdan boshlab

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Davolash ishi30 / 50111.798
Pediatriya ishi12 / 1496.586.9
Xalq tabobati12 / 20130.9122.3
Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)4 / 10113.396.9
Tibbiy profilaktika ishi4 / 1069.864

Galereya

Aloqa

  • call
  • Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 64 - uy, pochta indeksi: 132000

Ijtimoiy tarmoqlar

imageimageimageimage

Fikrlar

im

Fikrlar mavjud emas