Mentalaba - Universitet haqida
 University of Management and Future Technologies logo

University of Management and Future Technologies

Xususiy universitet

Toshkent shahri

3.2

(1 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

10 Aprel 2025 - 30 Sentabr 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Menejment va Zamonaviy Texnologiyalar Universiteti (UMFT) – 2022-yilda tashkil etilgan, zamonaviy kasblarga ixtisoslashgan xususiy oliy ta’lim muassasasidir. Universitetimizda IT muhandisligi, Sun’iy Intelekt iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, ta’lim, psixologiya va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.


UMFT O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. Bitiruvchilarga davlat tomonidan tan olingan, Respublika bo‘ylab amal qiluvchi diplom beriladi.


Nega aynan UMFT?

Xalqaro darajadagi imkoniyatlar:

  • ACCA akkreditatsiyasi: xalqaro diplom va 7 ta sertifikat olish imkoniyati
  • Koreya (Far East University) bilan qo‘shma ta’lim(2+2 dasturi)
  • Germaniya, Latviya, Janubiy Koreya bilan almashinuv dasturlari
  • Work & Travel dasturlarida qatnashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash

Grantlar va Imtiyozlar:

  • 200 ta grant o'rni
  • Xalqaro sertifika egalari uchun turli imtiyozlar
  • Talabalarni qo'llab quvvatlashga qaratilgan Grant loyihalar
  • Talabalar o‘rtasida avtomobil, noutbuk, televizor, smartfon yutuqlari

Zamonaviy o‘quv muhiti:

  • Kunduzgi shakli (bakalavriat)
  • Magistratura: 2 yillik kunduzgi o‘qish
  • O‘quvchilar uchun kibersport, qo‘shimcha kurslar, erkin va ochiq muhit
  • 15 dan ortiq yo‘nalishlarda ta’lim olish imkoniyati
  • Talablar uchun erkin o'qish muhiti



Grantlar

180ta grantdan biriga ega bo'ling!

Ta'lim granti kimlarga beriladi? 

UMFT universiteti iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor beradi. Har yili bakalavriat va magistratura bosqichida talabalarning tahsil olishi uchun 200ga yaqin universitet tomonidan grant o‘rinlari ajratiladi. 

Bundan tashqari bir necha yo'nalishlarda 100 foizlik davlat granti ham mavjud. Grant davogarlari 2-bosqichili imtihondan o'tkaziladi. Grantni qo'lga kiritish uchun UMFTga hujjat topshiring va siz bilan universitet hodimlari aloqaga chiqadi!

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Toshkent sh. Diydor ko`chasi. 71
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas