
Urganch Ranch texnologiya universiteti
Xususiy universitet
Xorazm viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Urganch Ranch texnologiya universiteti o'z faoliyatini 2021-yilning 5-noyabrida 0038-sonli litsenziya asosida "UrganchKormmash" aksiyadorlik jamiyati tarkibida boshladi. "UrganchKormmash" aksiyadorlik jamiyati 1981-yil sentabr oyida Moskva viloyati, Uxtomskiy zavodining Lyubertsi ishlab chiqarish asosida tashkil etilgan. Universitet Urganch shahar markazida qulay nuqtada joylashgan.
Bugungi kunda universitetda jami 7000 dan ortiq talabaga 178 nafar yuqori malakali professor-o'qituvchilar kreativ yondashuv bilan dars bermoqda. Universitetda o'quv jarayoni HEMIS axborot tizimiga to'liq integratsiya qilingan. Universitet professor-o'qituvchilari va talabalari ushbu tizimdan samarali foydalanib kelmoqdalar.
Ilmiy unvonga tavsiya etilgan professor-o'qituvchilar http://interaktiv.oak.uz elektron manzili orqali ro'yhatga olinadi va professor-o'qituvchilarning ilmiy ishlar mavzulari OAK byulletiniga https://mavzu/oak.uz manzili orqali muntazam joylashtirib boriladi.
Hozirgi kunda 12 000 o'rinli yangi o'quv binosi qurilishi davom etyapti va shu yilning o'zida foydalanishga topshiriladi.
Xalqaro hamkorliklar
Urganch Ranch texnologiya universiteti xalqaro hamkorliklar doirasida professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari bo'yicha:
- Angliyaning Northampton universiteti
- Ispaniya Barselona universiteti
- Italiyaning Podova universiteti
- Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti
- Ispaniyaning Lieida universiteti
- Chexiyaning Janubiy Bogemiya universiteti
- AQSHning New-York city universiteti
- AQSHning Pennsylvania universitetlari bilan munosabatlar o'rnatgan.
Jumladan, 2024-yilda Ispaniya qirolligining Barselona unversiteti va Lieida universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Yangi o'quv yilidan Urganch Ranch texnologiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari Ispaniya universitetlarida amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas



Izohlar
Izohlar mavjud emas