Mentalaba - Universitet haqida
Zarmed universiteti Buxoro kampusi logo

Zarmed universiteti Buxoro kampusi

Xususiy universitet

Buxoro viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

ZARMED — bu shunchaki universitet emas. Bu adolatli, haqqoniy va jamiyatga foydali bo‘lgan global fikrlaydigan kadrlar tayyorlash maskani. 2022-yilda Buxoroda asos solingan ZARMED Universiteti, qisqa vaqt ichida nafaqat respublikamizda, balki xalqaro ta’lim maydonida ham o‘z o‘rnini topdi. Hozirgi kunda universitetimizda 10 000 ga yaqin talabalar tahsil olishmoqda.

Universitetda ta’lim faqat nazariya bilan cheklanmaydi — bu yerda zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv-kompyuter xonalari, anatomiya xonalari, sport majmualari, oshxona, klinik amaliyot bazalari va ilmiy muhit bir joyga jamlangan.


Ta’lim tillari:

Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi — bu har bir talaba uchun erkinlik va tanlov demakdir.


⭐️ Nega aynan ZARMED Universitetida o'qishingiz kerak?

Sabablar juda ko'p! Asosiylari bilan quyida bo'lishamiz:

  • Bizning xususiy Universitetimizda yo'nalishlar keng qamrovli bo'lib, abituriyentlar o'zlari istagan: tibbiyot, pedagogika, iqtisod, sport kabi yo'nalishlarda tahsil olishlari mumkin.
  • ZARMED Universitetida ta’lim jarayoni xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, akademik jamoamiz yuqori malakali, tajribali va o‘z ishining ustasi bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan iborat.
  • Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan: shinam, zamonaviy auditoriyalar, to‘liq jihozlangan laboratoriyalar va texnik bazalar jahon talablari darajasida ishlaydi.
  • Universitetimiz bir qator dunyo miqyosidagi reytingli oliygohlar bilan rasmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan — bu esa talabalarga xalqaro dasturlarda ishtirok etish, xorijda ta’lim olish va karyeraviy o‘sish uchun keng eshiklar ochadi.


Talabalar yotoqxonasi:

Buxoro kampusida 600 o‘rinli zamonaviy yotoqxona faoliyat yuritmoqda. Talabalar uchun barcha sharoitlar: Wi-Fi, oshxona, yuvinish xonalari va xavfsizlik tizimi mavjud. Joy ajratish ariza va imtiyozlar asosida amalga oshiriladi.


Chegirma va moddiy yordamlar:

ZARMED Universitetida har bir abituriyent 5 million so‘mgacha bo‘lgan o‘quv to‘lovi chegirmasini olish imkoniyatiga ega.

Chegirmalar quyidagilarga beriladi:

  • Imtihon natijalari yuqori bo‘lganlar
  • Ijtimoiy ehtiyojga ega talabgorlar
  • Moddiy yordam ariza va hujjatlar asosida ko‘rib chiqiladi.


Xalqaro qo‘shma dasturlar va almashinuv imkoniyatlari

ZARMED Universiteti quyidagi formatlarda xalqaro kontraktli ta’lim dasturlarini taklif etadi:

✅ 2+2, 3+1, 1+3 shaklidagi qo‘shma ta’lim

✅ Exchange (almashinuv) dasturlari 1 semestr yoki 1 yilgacha

✅ Xalqaro diplom olish imkoniyati

🤝 Hamkor universitetlar:

AQSH (Temple University), Janubiy Koreya (Joongbu University), Turkiya (Selçuk, Ada Kent), Rossiya (Tambov, SPb Politexnika) va boshqalar.


ZARMED Universiteti talabalari uchun o'z tanlagan yo'nalishi bo'yicha mahaliy va xalqaro tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyati yaratilgan. Mahalliy amaliyot bazalari: Pratiksha klinikasi, tibbiy markazlar, maktabgacha ta’lim muassasalari va iqtisodiy tashkilotlar

Xorijiy amaliyotlar: Hamkor universitetlar va xalqaro loyihalar orqali Amerika Qo'shma Shtatlari, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlarda stajirovkalar. Amaliyotlar o‘quv jarayoniga kiritilgan va real ish muhitida tajriba orttirish uchun mo‘ljallangan.


ZARMED Universiteti talabalariga o‘qish bilan birga ishlash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

✅ Universitet ichida: koordinator, tutor, media jamoa a’zosi kabi lavozimlarda ishlash imkoniyati

✅ Tashqi tashkilotlar bilan: hamkor klinikalar, IT markazlar, o‘quv muassasalari orqali ish takliflari

✅ Karyera bo‘limi tomonidan: rezyume tuzish, intervyuga tayyorlash va ishga yo‘naltirish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi


ZARMED Universitetida faoliyat yurituvchi Talabalar kengashi orqali talabalar universitet hayotida bevosita ishtirok etishadi.

📌 Kengash a’zolari:

  • Talabalar manfaatlarini himoya qiladi
  • Tashkiliy va ijtimoiy loyihalarda yetakchilik qiladi
  • Universitetda faol talabalar ovozi bo‘lib xizmat qiladi


✅ Kengashga a’zo bo‘lgan talabalar faoliyati uchun maxsus stipendiyalar bilan rag‘batlantiriladi.

Grantlar

Barcha yo'nalishlar uchun umumiy 200 ta grant mavjud.

Har bir yo'nalishda 5.000.000 so'mgacha chegirmalar mavjud va 100 ta 10.000.000 so'mgacha stipendiya ajratiladi.

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Qayum Murtazoyev ko'chasi, 13A-uy
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas