1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi

05.06.2024
Article image

Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.


Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birdaniga ikki oliy taʼlim muassasasi – "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda "Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti" 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi.


“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.


Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

openEye

135

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar