1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

O‘zbekistonda IT-mutaxassislari qancha maosh oladi?

21.06.2024
Article image

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari bozori jadal rivojlanmoqda va kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etmoqda.


🌐PayLab.com ma’lumotlariga ko‘ra, IT-mutaxassislarining oylik maoshi bonuslarni ham hisobga olgan holda 3 000 000 so‘mdan 15 000 000 so‘mgacha. 2024-yil iyun oyida hh.uz saytida IT sohasi bo‘yicha 800 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilingani ushbu soha mutaxassislariga talab yuqori ekanligidan dalolat beradi.


🏛ITga qayerda o’qish mumkin?


Agar siz IT-mutaxassisi bo‘lishga qaror qilgan bo’lsangiz, marhamat IT Park University O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi IT-Park hamda EPAM xalqaro IT kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan universitetni tavsiya etamiz.

 

🌐Software Engineering (dasturiy muhandislik) bakalavr dasturi nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaldagi xorijiy o‘qituvchilarning eng muhim bilim va ko‘nikmalarini ham beradi. Amaliyot esa haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkonini taqdim etadi.

openEye

596

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar