Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti - 1972 yilda tashkil etilgan va «Pediatriya ishi» yo’nalishi bo’yicha etakchi institut hisoblanadi.
2023-2024 o'quv yili qabulida KIRISH BALLARI qanday bo'lgan?
Yuqori ko'rsatgich "Davolash ishi" yo'nalishida bo'lgan:
Umumiy kvotalar soni - 100 ta o'rin ajratilgan.
Davlat granti uchun - 35 ta.
Shartnoma (kontrakt) asosida - 65 ta.
- Davlat granti asosida kirish uchun - 175.4 ball,
- Shartnoma asosida kirish uchun - 159.1 ball bo'lgan
Past o'tish bali "Tibbiy-biologik ish" yo'nalishida bo'lgan:
Umumiy kvotalar soni - 20 ta o'rin ajratilgan.
Davlat granti uchun - 6 ta.
Shartnoma (kontrakt) asosida - 14 ta.
- Davlat granti asosida kirish uchun - 128.2 ball
- Shartnoma asosida kirish uchun - 116.1 ball bo'lgan.
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti tashkil etilganidan shu o'ʻtgan davr ichida vrach – pediatr, bolalar jarrohi, bolalar infektsionisti kabi kasb egalarini, yaʼni 30 mingga yaqin shifokorlar tayyorladi. Ulardan 1065 bitiruvchi institutni imtiyozli diplom bilan tugatgan.
- -> Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti 2023/24 o'quv yılidagi kvotalar va kirish ballari